Get Mystery Box with random crypto!

#Ayni_vaqtda – 'Bolalar va yoshlar kelgusi yillar davomida CO | IT taʼlim

#Ayni_vaqtda

– "Bolalar va yoshlar kelgusi yillar davomida COVID-19 ning ruhiy salomatlik va farovonlikka salbiy taʼsirini his qilishlari mumkin. Аgar biz bugun zarur choralarni koʼrmasak, bolalar ruhiy salomatligi va farovonligiga yetarlicha eʼtibor bermasak, sarmoya kiritmasak, ushbu masalani ilgari surish va ruhiy salomatlik muammolarining oldini olishni diqqat markaziga qoʼymasak, butun dunyodagi yoshlarning hayotini oʼzgartirish imkoniyati qoʼldan boy beriladi”.

YUNISEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari oʼrinbosari Joffri Ijumba.


– "O'zbekistonda internet foydalanuvchilarining 60 %ini, Facebook ijtimoiy tarmog'i foydalanuvchilarining 90%ini 25 yoshga yetmagan yoshlar tashkil qiladi. Har 3 nafar yoshdan biri har kuni 3 soatdan ortiq vaqtini internetda o'tkazmoqda".

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Dilorom Toshmuhamedova.

– Butun dunyoda o'tkazilgan soʼrovnomada ishtirok etgan 15-24 yosh oraligʼidagi yoshlarning beshdan bir qismi tushkunlikda ekanligi yoki hech narsaga qiziqmasligini taʼkidlagan.

– Har yili oʼz joniga qasd qilish oqibatida deyarli 46000 oʼsmir vafot etadi. Bu mazkur yosh toifasida eng koʼp kuzatiladigan beshta oʼlim sabablaridan biri boʼlib qolmoqda.

– Butun dunyo boʼylab davlatlarning sogʼliqni saqlash sohasidagi byudjetining taxminan ikki foizi ruhiy salomatlikka yoʼnaltiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdminstratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va YUNISEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Dunyoda bolalar vaziyati 2021: bolalar ruhiy salomatligini mustahkamlash, himoya qilish va saqlash” mavzusidagi seminardan.

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube