Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 26.91K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 82

2021-11-16 21:26:40 Respublika ta'lim markazi |Rasmiy pinned a photo
18:26
Ochish/sharhlash
2021-11-16 16:00:45
#Pedagog_lugati

Muammoli ta'lim

Ta’lim jarayonida mavzuga daxldor muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topishga yo'naltirilgan texnologiya. Bu usulni qo'llaganda muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin.

Muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish bilimlarni shunchaki o'zlashtirmasdan, ularni real vaziyatlarda qo'llay oladigan, muammolarga yechim sifatida ishlata oladigan o'quvchilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Hurmatli ustozlar, Siz faningiz doirasida foydalangan muammoli ta'lim texnologiyasidan misollarni Faol ustozlar guruhida yozib qoldiring va tajribangizni biz bilan o'rtoqlashing!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
20.9K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-11-16 07:26:52 #Pedagogik_vaziyat

Vaziyat:

Nemis tili darsi.
O‘qituvchi nafaqat o‘z guruhi, balki betob bo‘lib qolgan o‘qituvchining guruhiga ham dars o‘tishi kerak.
Bolalar o‘zlarini juda xunuk tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, bahslashib, bir-birlariga maktublar tashlamoqdalar, qog‘ozdan samalyot yasab uchirmoqdalar va hokazo. Orada o‘qituvchiga nistaban hurmatsizlik va beodoblik ham qilmoqdalar (ochiqchasiga emas, ehtiyotkorona).

Ayniqsa, bir bola alohida ajralib turibdi.
O‘qituvchi e’tibor bermaslikka harakat qilib, dars o‘tishda davom etmoqda. Orada bolalarni tinchlantirishga urinmoqda, tinchlantirish maqsadida ikki baho qo‘yish, direktorni sinfga taklif qilish va ota-onalarini maktabga chaqirish kabi qo‘rqitish usullarini ham qo‘llab ko‘rmoqda.
O‘qituvchi o‘quvchilarga navbatdagi vazifa berdi – matnni o‘z so‘zi bilan aytib berish.

Biroz vaqt o‘tgach, o‘qituvchi eng to‘polonchi o‘quvchidan matnni aytib berishga tayyormi yoki yo‘qligini so‘raydi. U faqat birinchi jumlani takrorlay olaman, deb javob beradi.
O‘qituvchi: “Demak, bahoying ikki”.
O‘quvchi: “Yo‘q, unday bo‘lsa, aytib beraman”.
O‘qituvchi: “Endi kech. Vaqtliroq o‘ylashing kerak edi”.
O‘quvchi takroran: “Ha, aytib beraman”.

Bunday gap talashish yana bir necha daqiqa davom etadi, natijada o‘qituvchi ikki baho qo‘yadi va o‘quvchi uni haqoratlab, sinfdan chiqib ketadi.
O‘qituvchi dars o‘tishda davom etadi.

Baholash:
Bu erda bir qancha pedagogik vaziyatlar mavjud bo‘lib, o‘qituvchi va ikkinchi guruh o‘quvchlari o‘rtasidagi munosabatlar uzoq vaqtdan beri keskin bo‘lib kelayotgani aniq. Ohirgi vaziyatga kelsak, bunda o‘qituvchi ochiqchasiga g‘azabini namoyon etdi.
Bunday harakatning adolatsizligi shundaki, o‘qituvchi bilim uchun baho qo‘yish o‘rniga o‘quvchiga hatto javob berish imkoniyatini bermagan holda, xulq-atvor uchun baho qo‘yishni afzal ko‘rdi.
Jazo, hech bo‘lmaganda, haqiqiy noo‘rin xatti-harakat uchun jazo bo‘lgandagina adolatli bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchiga va sinfga, agar u biror narsada ojiz bo‘lsa, u boshqa vaziyatda o‘z (lavozimlik) holatidan foydalana olishini namoyish etdi.
Bola xo‘rlangan holda, chuqur adolatsizlik hissi bilan, o‘zining kuchsizligidan g‘azablangan va o‘qituvchidan nafratlangan holda ketdi. Butun sinf uchun saboq: qasosda barcha vositalar yaxshi.

Prognozlash:
O‘qituvchi va ushbu o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro nafrat yanada kuchayadi. Bunday holatlar yana va yana takrorlanadi. Bolada va butun sinfda o‘qituvchiga nisbatan hurmat qolmaydi.

Yechim:
O‘qituvchi o‘quvchi matnni aytib berishga urinib ko‘rishini aytdimi, unga imkon berishi kerak edi. Darsga qattiq xalaqit berayotgan o‘quvchini unga murakkabroq topshiriq berish orqali tinchlantirish mumkin, va dars oxirida topshriq bajargani uchun baho qo‘yiladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
28.7K viewsedited  04:26
Ochish/sharhlash
2021-11-15 06:16:04
Чет элдаги нуфузли университетни битириб, IELTS 8 олиб чет элдаги ёки Тошкентдаги ишни эмас, вилоятдаги мактабда ўқитувчиликни танлаб дарс бераётган замонамиз қаҳрамони фаолияти кўпчиликка ўрнак бўлади деб уйлаймиз.

Ушбу қисқа видеофильмни барча ўқитувчилар томоша қилишларини тавсия этамиз. Айниқса, барча чет тили ўқитувчилари CEFR ва С1 сертификатга ҳаракат қилишлари зарур, шунда ойлик маошларига 80 фоизгача устама олиш имкониятига эга бўладилар. Олий тоифани олсалар яна қўшимча ойлик билан қўшимча соат олишга ҳам имкон бўлади.

Навбатдаги замонамиз қаҳрамонларини топишга ёрдам беринг ва Cиз ҳам ноутбукка эга бўлинг! Батафсил маълумот: https://t.me/uzedu/11896
Ёки #zamonamiz_qahramonlari хештеги билан ижтимоий тармоқларда бошқа номзодларни ҳам кўрса бўлади.

Видеони юқори сифатда кўриш учун: https://bit.ly/3orGSfI
14.6K views03:16
Ochish/sharhlash
2021-11-14 18:21:53
#kitobulashamiz
#audiokitob

Yoshligimizda “Samoviy sarguzashtlar” filmini sevib tomosha qilganmiz. Saʼdullo Quronovning “Galaktikada bir kun” ilmiy-fantastik qissasi beixtiyor oʻsha filmni yodga soladi. Oʻzga sayyoraliklar, fazoviy kema, sayyoralararo sayohat nafaqat kichik, balki katta yoshdagi kitobxonlarni ham qiziqtirishi aniq.

Asarni oʻqirkansiz, qiziqarli voqea va hodisalar ichida qahramonlar bilan birga yashaysiz. Shu bilan birga koinot, galaktikalar, turli osmon jismlari va hodisalari haqida ilmiy maʼlumotlar bilan ham tanishasiz.

Endilikda kitob audio shaklda mavjud.
Yuklab olish

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
28.4K views15:21
Ochish/sharhlash
2021-11-13 14:23:24
Respublika ta'lim markazi xodimlari "Yashil makon" umummilliy loyihasida ishtirok etdi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
13.1K viewsedited  11:23
Ochish/sharhlash
2021-11-13 12:44:12 Diqqat!

“Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalarini baholash tizimini takomillashtirish: baholash turlari, instrumentlari va mezonlari” mavzusidagi konferensiyada ishtirok eting!

Xalq ta’limi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi hamkorligida 2021-yil 28-dekabr kuni “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalarini baholash tizimini takomillashtirish: baholash turlari, instrumentlari va mezonlari” mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

Oʻquv faoliyati natijalari;
Filologiya fanlari;
Aniq fanlar;
Tabiiy fanlar;
Ijtimoiy fanlar;
Amaliy fanlar.

Konferensiya uchun maqolalar 2021-yil 15-dekabrga qadar standartvabaholash@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni 90-953-25-85, 99-520-64-55 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Axborot xati bilan tanishish

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
13.8K views09:44
Ochish/sharhlash
2021-11-13 09:28:46
Noyabr — Rus tili va xorijiy tillar fan oyligi munosabati bilan o'tkaziladigan onlayn olimpiadada ishtirok eting!

Olimpiada Rus, ingliz, nemis, fransuz tillari doirasida;

5-6-sinf, 7-8-9-sinf, 10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida va o'qituvchilar o'rtasida;

17-18-19-20-noyabr kunlari;

Soat 11:00 dan 21:00 gacha;

khiso.uz saytida bo'lib o'tadi.

Qatnashish istagida bo'lganlardan @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so'raladi.

Olimpiadada bilimingizni sinab ko‘ring va sertifikat sohibi bo‘ling!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
38.3K viewsedited  06:28
Ochish/sharhlash
2021-11-13 06:12:49
#talimgaoid

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
11.8K views03:12
Ochish/sharhlash
2021-11-12 15:21:03
Geoloyiha

Daryo sistemasining maketini yasash orqali qanday qilib o'quvchiga geografik obyektlar nomini qiziqarli usulda o'rgatish mumkin?

Yuqoridagi videodan ushbu savolga javob topishingiz mumkin.

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 4-umumta'lim maktabining Geografiya fani o'qituvchisi Xurshida Zaripova daryo sistemasi maketini yasab ko'rsatadi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
11.8K viewsedited  12:21
Ochish/sharhlash