Get Mystery Box with random crypto!

'Davlat tilim-ona tilim' videolar tanlovida ishtirok eting! 5 | IT taʼlim

"Davlat tilim-ona tilim" videolar tanlovida ishtirok eting!

5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Davlat tilim-ona tilim" videolar tanlovi o'tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchilardan she'r, qo'shiq, nutq, kreativ bayram tabrigi ko'rinishidagi videolarni @Ona_tilim_iftixorim_tanlovbot manziliga yuborish so'raladi.

Videoga quyidagi talablar qo'yilgan:

videolavha davomiyligi 2 daqiqagacha bo'lishi;
videolavha maktab, tarixiy obidalar va jonli tabiat kabi hududlarda videotasvirga olingan bo'lishi;
videolavhada o'zbek tilining hayotimizdagi ahamiyati va "Davlat tilim - ona tilim" mavzusi aks ettirilganligi;
videolavha sifatli tasvirga olinganligi - 10 ballgacha;
videolavha ijtimoiy tarmoq sahifalarida #davlat_tilim_ona_tilim xeshtegi ostida yoritilganligi;
videolavha tasvirga olingan materialda maktabning raqami, tumani va viloyati ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Videolavha mobil telefon, videokamera, planshet va boshqa texnologik vositalar orqali tasvirga olinishi mumkin.

"Davlat tilim - ona tilim" tanlovida 1, 2, 3-o'rinni egallagan ishtirokchilar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan g'oliblarni taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube