Get Mystery Box with random crypto!

​​Fargʻona vodiysida “Yoshlarda ijtimoiy uygʻunlik” loyihasi a | IT taʼlim

​​Fargʻona vodiysida “Yoshlarda ijtimoiy uygʻunlik” loyihasi amalga oshirilmoqda

YUNESKO va Respublika taʼlim markazi hamkorligida “Yoshlarda ijtimoiy uygʻunlik” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihaning maqsadi umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarida liderlik va tadbirkorlik, media va axborot savodxonligi, zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, global fuqarolik koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

Loyiha doirasida oʻquvchida mazkur amaliy koʻnikmalarni rivojlanishga qaratilgan oʻquv-qoʻllanmalar ishlab chiqildi. Ayni vaqtda Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida jami 15 ta maktabda oʻquvchilarida hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha metodik qoʻllanmalarni tajriba-sinovdan oʻtkazish maqsadli oʻquv-seminar amalga oshirilmoqda.

Loyihaning birinchi kunida mutaxassislar maktablarda dars jarayonlarini kuzatib, oʻquvchilardan tadbirkorlik hamda liderlik koʻnikmalarini baholashga qaratilgan soʻrovnomalar olishdi.

Ertaga, 6-oktyabr kuni tahlil natijalariga koʻra, oʻqituvchilar uchun treninglar tashkil qilinadi. 3-kun, 7-oktyabr kuni esa umumiy natijalar tahlil qilinib navbatdagi qadamlarni belgilash boʻyicha tavsiyalar beriladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube