Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Kanaldagi mavzular:
Vatandoshlik
Sahifalar
Koʻrilma
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanaldagi mavzular:
Vatandoshlik
Sahifalar
Koʻrilma
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38.36K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Murojaat uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 14

2023-03-10 16:16:52 #Turkiston_qaygʻusi

Ma’lumdirki, inglizlar qaysi joyga qadam qo‘ysalar, "madaniyatsiz" yerlik xalq g‘amxo‘rligi uchun kelganlarini bildiradilar. Agar bu so‘z haqiqat esa Sharqiy Turkiston xalqini bolshevizm balosidan qutqarish sharoiti ularga oson topilur edi. Biroq chinakam insoniyat g‘amxo‘rligi qiladigan Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan va ham uning haqiqiy ummatlaridan boshqa birovning bu kabi ulug‘ sharafga erishmagi mumkin emasdir. O‘sha kundagi Oltishahar Uyg‘uristondagi xitoy hukumati esa qog‘oz yuzi, til uchi bilan davlat markazi Pekinga bog‘lanmish bo‘lsa ham o‘rta asr Xitoy xonligi davridan qolgan esdalik bir haykal ko‘rinishi edi.
Demak, har ikki Turkiston xalqi ongsizlik, ilmsizlik kasofatidan shu kabi qulay sharoitlar bo‘la turib ham, bulardan o‘z vaqtida foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Ochiq bir maqsadni o‘z oldilariga shart qilib qo‘yib, tashkiliy ravishda ish olib borish uchun harakat qilgudek birorta odam yo‘q edi. O‘zlarining kelgusi istiqbollari uchun hech qayg‘urmas edi. Chunki, bu bechora xalq xurofot zulmati, johiliyat botqog‘iga butunlay botgan edi. Bunga shu davrdagi muhit aybdordir. Qur’onning "Bilganlar bilan bilmaganlar har to‘g‘rida teng kela olmaydilar", degan hikmatlik so‘zini albatta amalga oshirish kerak edi.
Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog‘iga botdi? Buning bosh sababi - dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘ldilar. O‘zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa bog‘lamadilar, o‘qish-o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uyg‘onish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmadi. Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar sababchidur.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

@e_kutubxona
1.5K views13:16
Ochish/sharhlash
2023-03-09 20:39:32 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №170 mutolaa uchun Alixonto‘ra Sog‘uniyning "Turkiston qayg‘usi" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 11-mart, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
2.4K views17:39
Ochish/sharhlash
2023-03-09 12:56:07 #Turkiston_qaygʻusi

O‘tmishdagi tarixini unutib, endigi tarixini tuymagan bir millat qorong‘uda qolgan, qo‘lida tayog‘i yo‘q ko‘r kishi kabi qayoqqa oyoq qo‘yishini bilmaganlikdan dushman yetakchisi keyinidan ketishga majbur bo‘ladi. Ochiq fikrli, sezgir vatan o‘g‘illari tarixning qandayin zarur ekanligini manim shu so‘zimdan ilhom olib chuqur tushunishlari kerak.
Endi Vatanim meni suymas ekan, men uni suyganligimdan, ulusim meni tanimas ekan, men uni taniganligimdan vatan ustida bo‘layotgan tarixiy o‘zgarishlarni va ham buning kelajakdagi yomon natijalarini ko‘rsatib, vatan bolalariga ulgu¹ bo‘lg‘udek, boshqalar bundan ibrat olg‘udek tarixiy bir asar yozishga kirishdim.


- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

_
¹ Namuna, o‘rnak

@e_kutubxona
2.9K views09:56
Ochish/sharhlash
2023-03-06 10:25:00
#Yangi_nashr
“Vatandoshlik dasturi”

Mazkur asar o‘z davlatini asrash va takomillashtirishda faol ishtirok etish zaruratini his etganlar va haqiqiy vatandosh bo‘lishni istaganlar uchun yozilgan.

Asarda insoniyat oldida turgan muhim masalalar - inson, hayot, yashash muhiti, jamiyat, madaniyat, mehnat, rahbarlik, hamkorlik kabi mavzular o‘ziga xos tarzda batafsil yoritilgan.

Dolzarb mavzular yoritilgan ushbu kitob siyosatshunos olim Hamid Sodiq tomonidan tarjima qilingan bo‘lib, hozirda Azon kitoblari nashriyotida chop etilish arafasida.

Muqovasi: qattiq
Sahifalar soni: 704 bet
Narxi: 75 000 so‘m

@e_kutubxona
1.8K views07:25
Ochish/sharhlash
2023-03-04 08:50:09 #Oy_tavsiyalari
Mart oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari

• Diniy-ma'rifiy:
"Mukoshafat-ul qulub" (Abu Homid G'azzoliy)

• Jahon adabiyoti:
"Jarayon" (Frans Kafka)

O‘zbek adabiyoti:
"Chinor" (Asqad Muxtor)

• Biografik:
"Mening hayotim" (Mahatma Gandi)

• Shaxsiy rivojlanish:
"Kitoblar qanday o‘qiladi" (Mortimer J. Adler, Charlz Van Doren)

Mumtoz:
"Siyosatnoma" (Nizomulmulk)

• Tarix:
"Turkiston sayohatlari" (Ismoilbek G‘asprali)

• Ilmiy-ommabop:
"Islom hazorasi" (Ahmad Muhammad)

@e_kutubxona
1.5K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-02-28 09:58:19 VATAN QURTLARI

1970-yilda Kuba o‘z fuqarolarini Amerikaga ko‘chib o‘tishini man qiluvchi qonun chiqardi. Maqsad Amerika razvedkasining Kuba fuqarolaridan Kuba yetakchisi Fidel Kastroga qarshi foydalanishining oldini olish edi.
1980-yil Amerika Kubani yana tashvishga qo‘yishni maqsad qildi. Prezident Jimmi Karter Kubaliklar uchun Amerikaning quchog‘i ochiq ekanini, ularga maosh va bepul uy-joylar berishlarini aytdi.
Fidel Kastro Gavana portida 600 ta kema tayyorladi. 125 ming inson yig‘ildi. Kastro: "Kim Amerikaga ketishni xohlasa marhamat, ketaversin", dedi.
Muhojirlarga juda ko‘p jinoyatchilar, qamalganlar qo‘shildi. Ular Amerika tomon yo‘lga chiqishdi.
Amerika muhojirlarning ko‘pligini ko‘rgach ularning istiqboliga chiqmadi. Ular bir necha hafta kishilar va dunyoning ko‘z o‘ngida dengizda qolib ketishdi. O‘nlab qarilar, yosh bolalar va ayollar vafot etishdi. Nihoyat ularni Guantanamodagi boshpanalarga joylashtirishdi.
Qizig‘i, ular ketgach Kubaning iqtisodi ko‘tarila boshladi. Savdo, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
Fidel Kastro ular haqida shunday degan edi:
"Anavi qurtlar bizning ichimizda joylashib olgan Amerikaliklar edi".
Karter o‘zining ahmoqligi sabab ko‘p tanqidlarga uchradi. Saylovda mag‘lubiyatga uchradi. Yangi prezident Reygan shunday degan edi:
"Agar muhojirlar Kubada qolishganda Kastro aniq sinar edi".
Ibrat:
Har-bir vatanning o‘z qurtlari bo‘ladi. Ular vatanning kulfati va harob bo‘lishiga sabab bo‘lishadi. Ularning vatandan chiqib ketishi kishilarga rohatdir. Kim ketmoqchi bo‘lsa ketsin. Vatan o‘z aholisigadir! Xoinning vatani bo‘lmaydi!
_
Bu yerda oilam, yurtim kelajagi deb chetda yurganlar emas, aksincha vatanga tupurib qo‘yganlar nazarda tutilgan.

- Abdulqodir Samarqandiy

@e_kutubxona
2.6K viewsedited  06:58
Ochish/sharhlash
2023-02-23 10:34:20
Nabaviy strategiya

Ijtimoiy, siyosiy, boshqaruvga oid va oilaviy qoida.

@e_kutubxona
479 views07:34
Ochish/sharhlash
2023-02-22 19:41:25 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №169 mutolaa uchun Markus Zusakning "Kitob o‘g‘risi" romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 25-fevral, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
865 views16:41
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:53:18 Har qanday mustamlakachilik hikoyasidan oldin mustamlaka bo‘lishga munosib millat hikoyasi bo‘ladi.

- Molik bin Nabiy

@e_kutubxona
2.0K views09:53
Ochish/sharhlash
2023-02-20 14:04:03 TARAQQIYOT

"Ba’zi kishilar mening da’vatlarimni eshitib, meni taraqqiyotga qarshi, rivojlanishdan uzoq inson, deyishibdi. Taajjub...
   Men mashinaning o‘rniga eshak mining, samolyotni qo‘yib tuya mining, elektr tokini o‘chirib qo‘yib sham yoqing, shifoxonalarni qo‘yib sahrodagi o‘t-o‘lanlar bilan davolaning, agar sizga qarshi dushmaningiz raketa, samolyot va tanklar bilan urushsa siz ularga qarshi nayza, qilich va kamon bilan kurashing, deydigan jinniga o‘xshaymanmi?!
   Yo‘q azizlar! Bu gapni faqatgina jinni aytishi mumkin. Dunyo sivilizatsiyasini uch davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrga avvalgi asrlarda Fir’avnlar, Finikiyaliklar, Xusiylar, Bobilliklar, Yunonlar va Rimliklar kabi yaqin sharq davlatlari asos solishgan.
   Ikkinchi davrga esa o‘rta asrlarda musulmonlar asos solishgan. O‘rta asrlarda Yevropa zulmat, qorong‘ulik, qoloq va vahshiylik ichida edi. Ammo islom sharqida taraqqiyot va madaniyat asri boshlangan edi.
   Uchinchi davrga esa hammaga ma’lum Yevropaliklar asos solishdi. Ammo biz musulmonlar bu taraqqiyotga begona emasmiz. Bu taraqqiyotning manbasi aslida bizmiz. Bunda biz sherikmiz. Ammo biz bir zamon uyquda qoldik. Karvon o‘tib ketdi. Biz makonimizni yo‘qotib qo‘ydik. Uyg‘ongach yo‘qotganimizni topish uchun yugurdik. Uyg‘onishimiz bilan biz oldin ko‘rmagan, bizga begona bo‘lgan narsalarni ko‘rdik. Darrov ikkiga bo‘lindik. Birinchi guruh u narsalarni fahmlamasdan, tushunmasdan, ajratmasdan olaverdi. Bu xato edi. Aslida dinimizdagi sobit asoslarga xilof kelmaydigan, odatlarimizga zid bo‘lmagan, bizga manfaatli bo‘lgan narsalarni olishimiz to‘g‘ri bo‘lar edi. Nega endi madaniyat ne’matlarini tark qilishimiz kerak?!
   Bugun bizdagi eng faqir kishi ham xalifa Abdulmalik ibn Marvondan yaxshi yashaydi. Abdulmalik ibn Marvonning tishi yemirilib kovak bo‘ldi. Undan sassiq hid chiqa boshladi. Uni davolash, plomba qo‘yish uchun shifokor topa olmadi o‘shanda. Bugun eng faqir inson ham tishi og‘risa shifokorga borib tishini davolab plomba qo‘ydirishi mumkin.
   Xalifa Horun ar-Rashid Bag‘doddan Makkaga borishi uchun tuyada yoki biror hayvonda ikki oy yo‘l bosishi lozim edi. Biz esa bu masofani samolyotda ikki soatda bosib o‘tayapmiz.
  Xalifa Abu Ja’far Mansur ichaklari og‘rishidan qattiq dard chekar, oddiy tabletkalarni topa olmas edi. Bizdan oddiy odam uni topib, ichaklarini virus va mikroblardan tozalashi, og‘rig‘ini qoldirishi mumkin.
  Madaniyatning bu ne’matlarini tark qilishimiz kerak deb kim aytdi?! Axir Alloh taolo Qur’oni Karimda:
  "Alloh o‘z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!", deb ayt", deydi-ku!
   Yo‘q! Ammo biz aytamizki, garchi barcha insonlar uni taraqqiyot deb bilsada, usiz yashab bo‘lmaydi deb hisoblasada, Yevropadan bizning aqidamizni buzadigan, bizni haromga tushiradigan narsalarni olmaymiz!
  
- Ali Tantoviy rohimahulloh

@e_kutubxona
1.2K viewsedited  11:04
Ochish/sharhlash