Get Mystery Box with random crypto!

​​Human.uz saytida e’lon qilingan maqola yuzasidan rasmiy bayo | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

​​Human.uz saytida e’lon qilingan maqola yuzasidan rasmiy bayonot

2020-yildan boshlab Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ma’lum toifadagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilish ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berila boshlangan bo‘lib, 2020-yilda mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun jami 940 ta qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021-o‘quv yili uchun xotin-qizlarga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan bo‘lib, Farg‘ona viloyatida doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan va tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun 100 ta qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Qayd etish kerakki, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar qayerda joylashgan O‘zbekiston Respublikasining davlat oliy ta’lim muassasasiga topshirishidan qat’iy nazar uning imtiyozi o‘rinli hisoblanadi va uning doimiy yashash hududi uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Nozima Toshpo‘latova 2020-yil 10-sentabr kuni test sinovida ishtirok etib, test sinovida 151,2 ball to‘plagan va Davlat test markazi tomonidan uning mazkur imtiyoz bo‘yicha Farg‘ona viloyati uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtiroki ta’minlangan.

Bunda test sinovi natijalariga ko‘ra xotin-qizlarga Farg‘ona viloyati uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida o‘tish bali 151,6 ni tashkil etgan.
Yuqoridagilarga kelib chiqqan holda Nozima Toshpo‘latova xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Farg‘ona viloyati uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida yetarli ball to‘play olmaganligi sababli talabalikka tavsiya etilmagan.

Bu bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasiga hamda Nishonboy Usmonovga tegishli javob xati yuborilgan (quyida ilova qilinadi).

Shu narsani alohida ta’kidlamoqchimizki, Davlat test markazi ijrochi tashkilot bo‘lib, amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida abituriyentlarga imtiyozlarni qo‘llaydi. Qonunchilikda ko‘rsatilmagan holatlarda esa hech kimga hech qanday qo‘shimcha imtiyoz berish vakolatiga ega emas.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
@dtmuz