Get Mystery Box with random crypto!

​​Hamma abituriyentlar bilishi shart! Majburiy blokda ona t | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

​​Hamma abituriyentlar bilishi shart!

Majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi;

Majburiy blokda O‘zbekiston tarixi fanidan tushadigan 15ta savol ichida Jahon tarixidan test savollari bo‘lmaydi;

Matematika fanidan tushadigan 15ta savol ichida Geometriyaning faqat 5-6-sinf dasturlarida bor mavzularidan savollar bo‘ladi, 7-11-sinflar darsligidan savol bo‘lmaydi.

Mutaxassislik blokida esa Matematikadan tushadigan 30 ta savol ichida Geometriyaning barcha sinflar uchun mo‘ljallangan mavzularidan savollar bo‘ladi;

Majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham Matematika fanidan tushadigan savollar ichida informatikadan test savollari bo‘lmaydi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw