Get Mystery Box with random crypto!

Davlat personallashtirish markazida texnik ishlar olib borilmo | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Davlat personallashtirish markazida texnik ishlar olib borilmoqda

Davlat test markazining abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi Davlat personallashtirish markazi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, abituriyentlarning pasport ma’lumotlarni Davlat personallashtirish markazidan olinadi.

Buning uchun abituriyent ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini dasturga kiritganda, mazkur ma’lumotlar asosida Davlat personallashtirish markaziga so‘rov yuborilib, abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, rasmi kabi ma’lumotlar Davlat personallashtirish markazining bazasidan real vaqtda olinadi.

Hozirda Davlat personallashtirish markazi bazasi ishlamayotganligi sababli, my.dtm.uz saytida uzilishlar yuzaga kelmoqda.

Ayni vaqtda Davlat personallashtirish markazi tomonidan mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube