Get Mystery Box with random crypto!

#Statistika Qabul rekordi yangilandi: Oxirgi 24 soatda salka | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

#Statistika

Qabul rekordi yangilandi: Oxirgi 24 soatda salkam 60 ming abituriyent roʻyxatdan oʻtdi

13-iyul 18:00 holatiga koʻra, jami roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 337 004 nafar.

Taʼlim shakli boʻyicha:

Kunduzgi taʼlim shakli – 201 060 nafar;
Sirtqi taʼlim shakli – 126 527 nafar;
Kechki taʼlim shakli – 9 417 nafar.

Tillar kesimida:

Oʻzbek tili – 286 322 nafar;
Rus tili – 40 836 nafar;
Qoraqalpoq tili – 8 341 nafar;
Boshqa tillar – 1 505 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlanayotgan OTMlar:

Oʻzbekiston milliy universiteti – 11 663 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti – 11 598 nafar;
Namangan davlat universiteti – 10 860 nafar;
Jizzax davlat pedagogika instituti – 10 576 nafar;
Urganch davlat universiteti – 10 014 nafar.

Oliygohlar kesimida koʻrish uchun fayl bilan batafsil tanishib chiqing

Barcha abituriyentlarga ulashing!