Get Mystery Box with random crypto!

​#Abituriyentlar uchun 2022-yilgi testlar 2021-yilgisidan n | DTM

​#Abituriyentlar uchun

2022-yilgi testlar 2021-yilgisidan nimasi bilan farq qiladi?

2022-2023 yilgi qabul uchun tasdiqlagan o'zgarishlariga ko'ra, abituriyentlar eʼtibor berishi kerak boʻlgan ayrim jihatlar bor:

Mutaxassislik blokida savollar soni oshirildi. Oʻtgan yili "spetsblok"da 20 tadan jami 40 ta savol berilgandi. Joriy yilda 30 tadan jami 60 ta savol beriladi;

Mutaxassislik blokida birinchi va ikkinchi fanga beriladigan ball miqdori farq qiladigan boʻldi. Oʻtgan yili ikkala fanga ham bir xil 3,15 balldan berilgandi. Joriy yilda birinchi oʻrindagi muhim fanga 3,1 ball, ikkinchi fanga 2,1 ball beriladigan boʻldi. Demak, bir-biriga mos 5 ta yoʻnalish tanlashda ham bu yil oʻzgarishlar boʻladi. Oʻtgan yili ikkalasiga bir xil ball berilgani uchun birinchi va ikkinchi fanga ajratilmagandi. Endi bu yil shunchaki 2 ta fan toʻgʻri kelishi kifoya emas, ularning muhimlik oʻrni ham ahamiyat kasb etadi;

Yoʻnalishidan qatʼi nazar barcha uchun tushadigan majburiy blokdagi 3 ta fanga beriladigan ball miqdori kamaytirildi. Oʻtgan yili 2,1 balldan berilgandi, joriy yilda 1,1 balldan beriladigan boʻldi. Bu degani majburiy blokdan koʻp ball toʻplab boʻlmaydi. Oʻtgan yili majburiy blok 63 ball berardi, bu yil 33 ball toʻplash mumkin. Demak, joriy yilda asosiy ballarni mutaxassislik fanlaridan toʻplash mumkin, 2 ta fanga jami 156 ball (82,5%) berilmoqda.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy