Get Mystery Box with random crypto!

#Atamalar #Qadimgi_dunyo Plebeylar – Rimga ko‘chib kelgan o | DTM

#Atamalar
#Qadimgi_dunyo

Plebeylar – Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlodlari.

Polis – yunoncha «shahar».

Respublika – «umumiy ish» ma’nosini anglatadi; tuzum nomi.

Sinantrop – «xitoy odami» ma’nosini anglatadi. Ilk paleolit
davrida yashagan ibtidoiy odam.

Senat – «Oqsoqollar kengashi» ma’nosini anglatadi.

Sun’iy sug‘orish – kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni
sug‘orish.

Sfi nks – gavdasi sherniki va boshi insonniki bo‘lgan, piramidalarni
qo‘riqlovchi ulkan haykal – afsonaviy mavjudot.

Termalar – Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari.

Falanga – og‘ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9
yoki 16 qator saf tortishi.

Falsafa (fi losofi ya) – yunoncha «fi lo» – sevish, «sofi ya» – donishmandlik
tushunchalarini anglatadi.

Fir’avn – Misr hukmdori; «ulug‘ xonadon» ma’nosini anglatadi.

Forum – Rimda yig‘ilish joyi va savdo-sotiq maydoni bo‘lib
xizmat qilgan shahar markazi.

Xronologiya – asrlar, davrlar, vaqt o‘lchovi haqidagi fan; turlituman
voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi.

Sivilizatsiya – qadimdagi jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak
darajasi (shaharlar, yozuv va davlatlarning rivojlanishi).

Shahar-davlat – tevaragidagi hududlarni tasarrufi ga olgan
o‘zini-o‘zi boshqaruvchi shahar.

Ellinlar – qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha
aholisi shunday atalgan.

Etnografiya – yunoncha atama bo‘lib, «xalqlar tavsifi »
ma’nosini anglatadi.

Qul – o‘zga bir kishining mulki bo‘lgan va ishchi kuchi sifatida
ishlatiladigan erksiz odam («so‘zlovchi mehnat quroli»); qul ni
sotib olish va sotib yuborish mumkin bo‘lgan.

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy