Get Mystery Box with random crypto!

DTM

Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM D
Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM
Kanal manzili: @dtm_axboroti_uz
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

🔍
Reklama xizmati : @Rek_info
Murojaat: @Jasurbek_Niyozov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 26

2022-05-20 13:09:30
Mana bu ajoyib yangilik bo‘libdi!

Gap nima haqida ketayotganini bilmoqchi bo‘lsangiz XABARNI BILISH tugmasini bosing
1.2K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 10:09
Ochish/sharhlash
2022-05-20 08:30:47
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

2022-yil 18-may kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov test sinovining maqsadi va savollar nima asosida tuzilishi haqida ma’lumot berdi.

Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt
5.1K viewsJasurbek Niyozov, 05:30
Ochish/sharhlash
2022-05-20 07:59:01
Istalgan kitobingizni topib beradigan bot.

Botga kiring va kitob nomini yozing bot sizga uni topib beradi

LINK @MegaBooksbot
4.6K views𝐒𝐡𝐚𝐲𝐝𝐨𝐢 𝐉𝐚𝐧𝐧𝐚𝐭, 04:59
Ochish/sharhlash
2022-05-19 13:30:43 Қабул квоталари тасдиқландими?

ЖАВОБ:
Йўқ, ҳали тасдиқланмади. Шунчаки ЛОЙИҲАСИ эълон қилинди.

Жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинган лойиҳага кўра, 2022/2023 ўқув йили учун давлат буюртмаси параметрлари:

а) бакалаврлар тайёрлаш бўйича:
кундузги таълим шаклига — 76 728 нафар;
сиртқи таълим шаклига — 27 365 нафар;
кечки таълим шаклига — 2 575 нафар;
масофавий таълим шаклига — 3 610 нафар;

б) магистрлар тайёрлаш бўйича — 11 082 нафар;

в) хорижий олий таълим ташкилотлари ва уларнинг филиаллари ҳамда нодавлат олий таълим ташкилотларида давлат гранти асосида кадрлар тайёрлаш бўйича — 100 нафар этиб белгиланиши таклиф этилмоқда.

Энг катта яхши янгилик — илк марта масофавий таълим шакли ҳам жорий этилиши мумкин. Бу анча йиллардан буён таклиф этиларди, аммо “биз ҳали тайёр эмасмиз” деган сохта қўрқув ортидан масофавий таълимга рухсат берилмаётганди.


Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt
4.7K viewsJasurbek Niyozov, 10:30
Ochish/sharhlash
2022-05-19 12:59:01
Ikki talaba turmush quribdi. To'yda kelin hech narsa yemay o'tirsa, bir mehmon so'rabdi:
— Nega bu kelin hech narsa yemaydi-yam, ichmaydi-yam?
O'tirganlardan biri:
Chunki...
Kulaverib ichaklarim uzildi

@Talabalar
4.2K views𝐒𝐡𝐚𝐲𝐝𝐨𝐢 𝐉𝐚𝐧𝐧𝐚𝐭, 09:59
Ochish/sharhlash
2022-05-19 08:30:53 #SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari kamaydimi?

Javob: Qayd etish lozimki, qabul parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda Davlat test markazi ishtirok etmaydi. Bu masala Davlat test markazi vakolatiga kirmasada, ko‘pchilikda tushunmovchilik bo‘layotgani sababli quyidagilarni ma’lum qilmoqchimiz:

Ma’lumki, 2022-yil 17-may kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi.

Mazkur qaror loyihasiga e’tibor qaratilsa, uning 2-bandida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanishi qayd etilgan.

Shuningdek, qaror loyihasining ilovalaridan ko‘rish mumkinki, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida faqatgina davlat granti asosidagi qabul parametrlari ko‘rsatilgan. To‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlari esa ko‘rsatilmagan.

Qaror loyihasida mazkur oliy ta’lim muassasalari uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining keltirilmagani qabul parametrlari kamaytirilibdi degan yanglish fikrga olib kelmasligi lozim.

Albatta, qabul parametrlari qanchalik o‘zgarganini barcha oliy ta’lim muassasalari uchun qabul parametrlari tasdiqlanganidan so‘ng bilish mumkin.

Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt
5.7K viewsJasurbek Niyozov, 05:30
Ochish/sharhlash
2022-05-18 16:35:57
Rasman : Test topshiriqlarini bajarish uchun 3 soat beriladi

Bu yil jami 90 ta test boʻladi va ularni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi.



Abituriyent do'stlarga ulashing

Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt
4.9K viewsJasurbek Niyozov, 13:35
Ochish/sharhlash
2022-05-18 16:26:12
Abituriyentlar bir vaqtda ham kunduziga, ham sirtqiga, ham kechgiga topshira oladimi

Javob: Rasmiy xabar....
3.9K viewsKiper post bot, 13:26
Ochish/sharhlash
2022-05-18 14:06:24 Абитуриентлар бир вақтда ҳам кундузгига, ҳам сиртқига, ҳам кечкига топшира оладими?

ЖАВОБ:
Ҳозирча расман бундай қарор йўқ, аммо жорий йилдан шу тизимга ўтиш режалаштирилмоқда.

Эълон қилинган Президент қарори ЛОЙИҲАСИга кўра, жорий йилда ҳам абитуриентлар худди ўтган йиллардагидек тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси ва фанлар кетма-кетлиги бир хил бўлган бештагача бакалавриат таълим йўналишларини танлай олади.

Шунингдек, яхши янгиликлардан бири абитуриентларга бир вақтнинг ўзида барча таълим шаклларини танлаш имкониятини бериш таклиф этилмоқда. Масалан, абитуриент биринчи йўналишга кундузгини, иккинчисига сиртқини, учинчисига кечкини ва тўртинчисига масофавийни танлаши ҳам мумкин бўлади.

Аммо юқорида айтганимиздек, бу ҳозирча лойиҳа мақомида холос. Расмий ўзгариш бўлса, албатта етказамиз, насиб қилса.


Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt
5.0K viewsJasurbek Niyozov, 11:06
Ochish/sharhlash
2022-05-18 13:30:24 ​​#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida umumiy qancha vaqt ajratiladi?

Javob: Davlat komissiyasining 13-son bayoniga muvofiq joriy yilgi test sinovlarida abituriyentlarga 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fandan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt beriladi.

Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi.

Manba: Davlat test markazining rasmiy kanalidan

Barcha Abituriyentlarga yetkazing!

Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt
4.5K viewsJasurbek Niyozov, 10:30
Ochish/sharhlash