Get Mystery Box with random crypto!

Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi | O'zbekiston shifokorlari

Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannopovning vafot etgani yuzasidan tekshirish o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, ko‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

“Mitti vayn” taxallusi bilan tanilgan 27 yoshli vayner Farhod Mannopov 5 mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan klinikalardan birida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Farhod Mannopovning o‘limiga narkozni ko‘p berib yuborish sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura blogerning vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olingani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgandi.

Manba: daryo.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan