Get Mystery Box with random crypto!

Amerikada o'sha-o'sha gaplar emish... Floridiston kanalini yu | Dengiz ortidan

Amerikada o'sha-o'sha gaplar emish...

Floridiston kanalini yuritgich Abror aka Qodirov bilan kecha ikki soat gurunglashganmiz. Eshitganlarimdan xulosam shuki, Amerikada men ketganimdan beri ko'p narsa o'zgarmabdi:

- Qavhaxona, restoran va do'konlar haligacha ishchi qidiryapti. Abror akaning ishdan chiqib qahvaxonada o'tirish istaklariga 23:00da emas, 18:00dayoq berkilayotgan "Starbucks"lar putur yetkazyapti. Sababi oxirgi smenada ishlash uchun hech zog' yo'q. Oyliklar kam, ishsizlik nafaqalari ular bilan deyarli bir xil.

- O'zbeklar eyforiyada trak bizneslarini ochishda davom etyapti. Ammo ayrimlar ularni yurgiza olmay, kasod bo'lay-bo'lay deyishyapti va kattaroq trak kompaniyalar ularni sotib olyapti.

- Har qanday global voqealar AQSh iqtisodiyotining qon tomiri bo'lmish logistika sohasiga ta'sir o'tkazyapti. Ukrainadagi ahvol tufayli benzin oshishi, masalan, avval bir trak uchun bir to'liq bak benzin quyish narxini bir yarim barobarga qimmatlatib yuborgan. Xitoy-AQSh savdo urushi ham, boshqa istalgan hodisalar ham birinchi bo'lib trak sohasiga zarba bo'ladi.

- Amerikaliklar birinchi dunyo muammolari bilan band. Aynan nima misol bilan biz shuni ham gaplashdik? Buni eslolmadim.

Xullas, o'sha-o'sha gaplar.

Ammo shu gaplarni men Abror akaning o'z hayotlaridan misollar orqali, ularning gapirish uslublarining qiziqligidan miriqib eshitdim. Ular bir nechta mohirona yozilgan matn ko'rinishida Floridiston kanalida chiqishi mumkin edi. Biroq, tushunishimcha, chiqmaydi.

Uning sababini ham gaplashdik.

Shaxsiy kuzatuv va hikoyalar qiziqligi, o'yga toldirishi, mulohaza uchun ulashiladi. Abror akaning vaziyatlarida ular bir chetda qolib, ko'plab obunachilar Amerikaga ketish yo'llari haqidagi javobi qiyin savollarni va alaloqibat akamizdagi stressni ko'paytirgan xolos.

Borib-borib, "yozganimdan yozmaganim yaxshI" degan xulosaga kelib qolganlar. ) Nima ham derdim... Men ularni tushunaman.

@dengizortidan