Get Mystery Box with random crypto!

Youth Uzbekistan'ga intervyu berdik Diplomatiyani bitirgan b | Dengiz ortidan

Youth Uzbekistan'ga intervyu berdik

Diplomatiyani bitirgan birodarimiz, yana boshqa ajoyib ijodkor yigitlar Qorasaroyda cho'tki studiya qilib o'tirib olishgan ekan. Shu yerga meni chaqirib intervyu qilishdi.

Studiya va undagi "gear"larni maqtab, to'ylarga ham chiqish-chiqmasligini so'ragandim, ular menga faqat korporativ va shaxsiy brend bilan shug'ullanishini aytdi.

To'g'risi, yigitlarning professionalizmiga qoyil qoldim. Odatda soatlab video ustida o'tirib, pauza va "eerrrmm...", "mhmmm"larni yo'qotib o'tiradigan montaj ustalarining ishiga munosib baho beravermaymiz.

Rahmat, Youth Uzbekistan. Rahmat, Muhammaddiyor

@azamov_com