Get Mystery Box with random crypto!

Mushohada uchun mavzu 'Chet eldagi o‘zbeklarda umumiy bir h | Dengiz ortidan

Mushohada uchun mavzu

"Chet eldagi o‘zbeklarda umumiy bir holatni kuzatish mumkin.

Kimki chetga chiqishi bilan o‘ziga vatanda uy qurish, mashina olish, vatandagi singillarini bekami ko‘st uzatishga va ukalarini uylab, ularga uy qurib, mashinali qilish bilan ovora bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha boshlagan darajasida qolib ketgan.

Kimki o‘zini rivojlantirishga, biror kasbni boshini ushlash, o‘qish yoki biznesni yo‘lga qo‘yishga kirishgan bo‘lsa u rivojlanib ketgan. Ikkalasini birdek uddalaganlar ham bor lekin."

Faiziddin Mu'min

••••••••••••

Yuqoridagi fikr chetda yurgan ko'p vatandoshlarimizni uzoq yillar kuzatib bildirilgan fikr ekan. Darhaqiqat, chetga chiqqanda, bor fokusni, diqqatni o'z ustida ishlashga qaratganlar, ya'ni o'z kelajagiga sarmoya qilganlar yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Faqat maishiy, joriy moliyaviy maqsadlarga e'tibor qilganlar esa, shaxsiy rivojlanishda hali ham boshlang'ich nuqtada depsinib turganligini kuzatish mumkin. Albatta, bu fikrlar nisbiy.

Siz bu kuzatish haqida qanday fikrdasiz? Fikrlaringiz qiziq.

@uzbeknur_korea