Get Mystery Box with random crypto!

Energiya Bugun o'zimni uchrashuvga chiqqandek his qildim. Shi | Dengiz ortidan

Energiya

Bugun o'zimni uchrashuvga chiqqandek his qildim. Shinam va xushbo'y hidlar keladigan kitobli kafega bordim. Hademay bir inson kelishini kutdim.

Gap shundaki, syurpriz qilish uchun yaqinda Shotlandiyadan qaytgan do'stim Sirojiddin Olimovni ko'rgani ishxonasiga bordim. Yigitlardan uning чуть ли не live location'ini olib turdim (achtung: uchta tilda yozilgan gap).

Meni ko'rib hayron qoldi. O'tirib gaplashdik. U bilan qadriyatlarimiz, fikrlarimiz, gaplarimiz shu darajada mushtarakki, nariyoq-beriyog'i yo'q. Ammo bu mushtaraklikka biz ikki xil boshqa yo'llar bilan keldik. Albatta, bizni tanishtirgan talabalik yillari: Young Leaders Development Project and FLEDU'lardan keyin.

Men millat brendi bilan bog'liq loyihalar va Amerikada tentirash: ish, o'qish, stajirovka, supermarketda kassirlik, keyin investitsion bankdagi karyera bo'yicha... U esa aqlli ishlar: akademik litsey zamdirektorligi (24 yoshida!), O'zbekiston uchun 100 g'oya, Yevropadagi top universitetda magistratura bo'yicha ketdi.

Vatanga qaytib, u quyidagi xulosalarga kelgan:
— 1,5 yil ichida ko'plab odamlar hayotida hech qanday o'zgarish bo'lmagan, ko'p narsa o'sha-o'shaligicha qolgan, bu esa norma emas;

— odamlar tushkun kayfiyatda va bu doim ham asoslanmagan;

— bir xil odamlar davrasida o'ralashib qolmaslik kerak, agar do'stlaringiz sizga "sen o'zgaribsan" deyishsa, buni mamnuniyat bilan, xushomad sifatida qabul qiling. Chunki o'zgarish, o'sish, rivojlanish — bu norma, aski esa aksincha.

Suhbatimizning "bottom line"i shu bo'ldiki, bizga, har birimizga, O'zbekistondek murakkab mamlakatda yashaydigan odamlarga energiya kerak! Suv Sirojiddin esa bitmas-tuganmas energiya manbai. Biznes — bu energiya, jamoa bilan ishlash — bu energiya, loyihalar — bu energiya. "Bo'lmaydi", "qo'limda kelmaydi" degan gaplar o'z-o'zini amalga oshiruvchi bashoratdir.

P.S. U bilan xayrlashib bo'lgach, yana 20 minut gaplashdik. Juda sog'inibmiz yuzma-yuz suhbatni. Birodarchiligimiz abadiy bo'lsin.

@azamov_com