Get Mystery Box with random crypto!

Amerikada ko'chalar nomlanishi haqida yozgan edim. O'zim Nyu- | Dengiz ortidan

Amerikada ko'chalar nomlanishi haqida yozgan edim.

O'zim Nyu-Yorkda Kingz Hayuey ko'chasi yaqinida yashaganman, Metro videosini qo'ygan edim, o'sha stansiyaning nomi ham Kingz Hayuey, ya'ni King's Highway, ya'ni Qirol katta yo'li.

Agar bu nom qayerdan kelganini o'rgansangiz, g'irt kolonial davrga borib taqalishini tushunasiz. Ya'ni shu ko'chaning nomi bir necha yuz yildan beri shunday.

Ammo amerikaliklar monarxiyalar va avtokratiyalarga olabo'jiga qaragandek qaraydi, "bizning tomonlarda prezidentlar 30 yillab o'tiradi, keyin o'z farzandlarini (Ozarbayjon, Turkmaniston) voris qilib qo'yishadi" deb gapirsangiz, boshini sarak-sarak qilib, achinib qo'yadi. Ya'ni Amerikada real voqelikda kolonializmga qarshi xalq.

Bizda esa xuddi shuning aksi. Kirov, Lunacharskiy, Maksim Gorkiy va boshqa kolonial tariximizga oid nomlar o'zgargan. Qo'yib bersa, yana o'zgartirishadi. Ammo real hayotda, bizning ongimizda bu o'tmish ta'qibchi o'laroq yashayverishi mumkin.

To'g'risi, menga birinchisi ma'qul. Biz haqiqiy mustaqil mamlakat bo'lsagu, sovetcha nomlar qo'yilgan ko'chalarimiz qolaversa ham qo'rqinchli emas edi.

@dengizortidan