#Bilasizmi?
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti olish tartibidan xabardormisiz?
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligining tuman (shahar) filiallari.
Murojaatlar qabul qilinadi:
- Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 0 barobaridan 80,5 barobarigacha.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda
yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati:
3-25 ish kuni.
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha
kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.
Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat