Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Jarayon
Адлия
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Jarayon
Адлия
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 46.71K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-05-19 15:26:11
#Bu_muhim

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.5K views12:26
Ochish/sharhlash
2023-05-19 14:31:11
#Foydali_ma'lumot

Markaziy bank 22-maydan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

Batafsil yuqoridagi infografikada

Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.5K views11:31
Ochish/sharhlash
2023-05-19 13:26:10
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

Ismni yoki familiyani o‘zgartirish tartibi qanday?

Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.6K views10:26
Ochish/sharhlash
2023-05-19 12:05:13
#Bilasizmi

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
7.0K views09:05
Ochish/sharhlash
2023-05-19 10:36:09
#Bilasizmi

Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi.

Uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug'ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko'ra tegishli tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.

Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Xususan:

nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish 1,5 mln so'mdan 3 mln so'mgacha;

ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 2,1 mln so'mdan 4,5 mln so'mgacha;

nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln so'mdan 6 mln so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Ushbu huqubuzarliklarni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin takroran sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.9K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-05-19 09:16:09
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

Investitsiya vositachisining faoliyati;
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar;

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

Litsenziyaning amal qilish muddati: Сheklanmagan

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.3K views06:16
Ochish/sharhlash
2023-05-19 07:21:09
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat etiladimi?

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat beriladi.

Bunda, ko‘chma savdo obyektlarini foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi, ijaraga oluvchi esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.

Asos: Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

Kanalga
ulanish
https://t.me/davxizmat
5.6K views04:21
Ochish/sharhlash
2023-05-19 06:57:43
#TashkentLawSpring2023
 
Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tdi. Forum yagona platformada 600 dan ortiq mahalliy va xorijiy ekspertlarni birlashtirdi

Batafsil

@adliyangiliklari
5.7K views03:57
Ochish/sharhlash
2023-05-18 16:59:10
#bilasizmi

JShShIR chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qanday yengillik beradi?

O'zbekistonda JShShIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.

Davlat organlari “Elektron hukumat” maxsus platformasi orqali o‘zaro hamkorlik orqali jismoniy shaxslardan qo‘shimcha maʼlumotlarni so‘ramasdan, JShShIR asosida zarur maʼlumotlarni almashadilar.

Xususan, 2021-yil 1-iyuldan JShShIR davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator sifatida belgilandi.

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimida taʼsischilar, direktor, ariza beruvchi yoki uning vakili to‘g‘risidagi maʼlumotlarda JShShIR ko‘rsatilishi kerak.

Afsuski, JShShIR amalda majburiy bo‘lib identifikator sifatida tasdiqlanish vaqtida ta’sischilar – O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilmaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar imkoniyatlari hisobga olinmadi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan qarorida shunday tartib belgilandiki, O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar JShShIR olishlari mumkin.

2022-yil 1-iyundan O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan chet el fuqarosi o‘zining ishonchli vakili orqali Davlat xizmatlari markazlariga JShShIR olish uchun ariza berishi mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
3.5K views13:59
Ochish/sharhlash
2023-05-18 15:21:07
#Foydali_ma'lumot

Markaziy bank 19-maydan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

Batafsil yuqoridagi infografikada

Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.6K views12:21
Ochish/sharhlash