Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Bugun Buxoro davlat universitetida iqti | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Bugun Buxoro davlat universitetida iqtidorli talabalarning oltin fondi tanlovi natijalariga ko'ra g'olib deb topilgan 103 nafar " Iqtidorli talabalar oltin fondi a'zo" lariga a'zolik guvohnomalari hamda ko'krak nishonlari universitet rahbariyati tomonidan topshirildi.

Ushbu fond O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli davlat stipendiyalari, rektor stipendiyasi sovrindorlari hamda turli fan olimpiada g'oliblari, Xalqaro hamda Respublika tanlovlari g'oliblari, sport musobaqalari sovrindorlari va tashabbuskor, iqtidorli talabalardan tarkib topgan.


BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt| Youtube