Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Universitet rektori boshchiligida tuzil | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Universitet rektori boshchiligida tuzilgan ishchi guruhi bugun tasdiqlangan jadval asosida 70230201-Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) mutaxassisligi magistrlarining dastlabki himoyasini o'tkazishdi.   Himoya jarayonida har bir magistrga 5-7 daqiqa vaqt berilib, so'ng magistrlik dissertatsiya ishi yuzasida savollar berildi, kamchiliklar ishchi guruhi a'zolari tomonidan ko'rsatib o'tilib, tegishli tavsiyalar berildi.  Universitet rektori O.X. Xamidov dastlabki himoyadan o'tgan magistrlarni tabriklab, ikki yil o'qish mobaynida xorijiy tilni bilish darajasi bo'yicha C1 sertifikatini qo'lga kiritgan magistrlarning ota-onalariga tashakkurnoma berilishi bo'yicha ko'rsatma berdilar.


@buxdu_uz