Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanla | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar, Tarix va yuridik, Xorijiy tillar fakultetlari va Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish” mavzusida talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi.

Unda Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta inspektori, podpolkovnik N.Abzalova, Buxoro viloyati ichki ishlar terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi podpolkovnik X.Saidov, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta mutaxassisi leytenant H.Hayitova, BuxDU profilaktika inspektori Sh.Qurbonovlar talabalarga huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, diniy ekstremizm, kibr jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi mavzularda ma’ruza qilishdi.


BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt| Youtube