Get Mystery Box with random crypto!

Buxoro viloyati oliy ta‘lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rta | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

Buxoro viloyati oliy ta‘lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Kitobxon talaba” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 19-aprel kuni universitet Axborot resurs markazida talaba-yoshlar o‘rtasida “Kitobxon talaba” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda OTM bosqichida birinchi o‘rinni egallagan talabalar ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilari 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar:

Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra quyidagi o‘rinlar belgilandi:

1-o'rinni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Xudoyberdieva Maxliyo

2-o'rinni Buxoro davlat Pedagogika instituti O‘zbek tili adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Hasanova Solihabonu

3-o'rinni Buxoro muxandislik texnologiya instituti Energetika fakulteti 3-bosqich talabasi To‘ymurodov Alisher

Tanlovning hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan #Buxoro_davlat_universiteti Filologiya fakulteti 6-1uzb-21 guruhi talabasi Xudoyberdieva Maxliyo tanlovning keyingi mintaqaviy bosqichiga ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

@buxdu_uz