Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Хайрли
Фойдали
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.49M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 520

2022-04-27 17:33:42
Yevropa Rossiyadan gaz sotib olishni oshiradi.

Yevropa Ittifoqi vaqtincha Polsha va Bolgariyaga gaz yetkazib berish to‘xtatilganini qoplash uchun rublda to‘lashga tayyor davlatlar orqali Rossiya gazini xarid qilishni sezilarli darajada oshiradi.

@BugungiGap
11.8K views14:33
Ochish/sharhlash
2022-04-27 17:02:51
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh hisoblab chiqildi.

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3,42 million so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,1 foizga ko‘pdir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Hududlar kesimida ish haqining eng yuqori darajasi Toshkent (5,21 million so‘m) va Navoiy viloyatida (4,73 million so‘m) qayd etildi. Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo (2,61 million so‘m) va Farg‘ona (2,59 million so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

@BugungiGap
13.2K views14:02
Ochish/sharhlash
2022-04-27 17:02:12
Dunyo oltin bozorlarida Oʻzbekiston Rossiya bilan raqobat qilmaydi.

Bu haqda investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev maʼlum qilgan. 2021-yilda O‘zbekiston va Rossiya oltin eksport qilish boʻyicha jahonda yetakchilardan biri bo‘lishgan. Sanksiyalar tufayli Rossiyaning oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalari o‘z mahsulotini sotishda qiyinchiliklarga duch kela boshlagan.

@BugungiGap
11.7K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2022-04-27 17:01:15
BO'G'IMLARDAGI OG'RIQDAN 3 KUNDA BUTUNLAY HALOS BO'LISH

Uy sharoitida bo'g'imlardagi og'riqni 100% davolash

BATAFSIL: https://maxpro.uz/sustav/index-5.html

(Batafsil ko'rish uchun yuqoridagi havolani bosing)
11.5K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2022-04-27 16:20:40
Putinning qaroriga koʻra, Bolgariya va Polshaga gaz yetkazib berish toʻxtatildi.

Rossiyaning “Gazprom” energetika transmilliy kompaniyasi “Bulgargaz” (Bolgariya) va PGNIG (Polsha) kompaniyalariga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bunga ushbu kompaniyalar rus gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirmagani sabab bo‘ldi, deb xabar berdi “Interfaks”.

@BugungiGap
12.2K viewsedited  13:20
Ochish/sharhlash
2022-04-27 15:04:58
Parijda Makronga pomidor uloqtirishdi.

Ikkinchi muddatga qayta saylangan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga Parij shahrida noma'lum shaxs pomidor uloqtirdi.

@BugungiGap
13.2K views12:04
Ochish/sharhlash
2022-04-27 15:04:58
O‘zbekistonda 30-aprel kuni umumxalq hashari o‘tkaziladi.

30-aprel, shanba kuni Ramazon hayiti oldidan respublika bo‘ylab hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha hashar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

@BugungiGap
13.2K views12:04
Ochish/sharhlash
2022-04-27 14:02:05
Putin va Zelenskiy yaqin kunlarda uchrashishi mumkin.

Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar maʼlum qildi. “Turkiya uchrashuv boʻlib oʻtishiga umid qilmoqda va Ukrainadagi gumanitar vaziyat yomonlashmasligi uchun barcha zarur ishlarni qilishda davom etadi” – Turkiya mudofaa vaziri.

@BugungiGap
13.5K views11:02
Ochish/sharhlash
2022-04-27 14:02:05
Qozog‘istonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 1 million tenge to‘lanadi.

Qozogʻistonda bu yil Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilariga 205 ming tenge asosiy to'lovga qo'shimcha ravishda yana 800 ming tenge toʻlanadi. Jami ular 1 million tengedan ko'proq pul oladilar. Taqqoslash uchun, Rossiyada urush faxriylariga 10 ming rubldan (taxminan 60 ming tenge) to'lanadi.

@BugungiGap
13.2K views11:02
Ochish/sharhlash
2022-04-27 13:22:02
Prezident topshirig‘iga muvofiq “UzAuto Motors” ishlab chiqarish hajmini oshirdi.

“UzAuto Motors” zavodida pandemiyagacha bo‘lgan ishlab chiqarish hajmlari tiklanib, yil boshida shartnoma tuzilgan avtomobillarning 92 foizi (82 300 donadan ortiq avtomobil) oʻz egalariga shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan bir necha oy oldin topshirilgan.

@BugungiGap
13.6K views10:22
Ochish/sharhlash