Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Бужудамуҳим
Ого
آنا
Хайрли
Даҳшат
Долзарб
Фойдали
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.68M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 522

2022-04-30 10:56:26
AQSh rossiyalik mutaxassislarni oʻziga ogʻdirib olmoqchi.

“Bloomberg” agentligining maʼlumotlariga koʻra, Oq uy rossiyalik oliy maʼlumotli mutaxassislarni AQShda ishlashga jalb qilish uchun ayrim viza talablarini olib tashlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Qo'shma Shtatlar yarimo'tkazgichlar, kosmik texnologiyalar, kiberxavfsizlik, ilg'or texnologiyalar va kompyuter tizimlari, yadro texnologiyalari, sun'iy intellekt, raketa dvigatellarini ishlab chiqish va boshqalar bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lgan rossiyalik mutaxassislarni AQShga jalb qilmoqchi.

@BugungiGap
13.8K viewsedited  07:56
Ochish/sharhlash
2022-04-30 10:40:51
AQShda kuchli tornado kuzatilmoqda.

Kanzas shtatining Andover shahrida kuchli tornado kuzatilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yuzga yaqin turar-joy binolari vayron boʻlgan. Jabrlanganlar haqida hozircha xabar berilmagan.

@BugungiGap
13.9K views07:40
Ochish/sharhlash
2022-04-29 20:26:23
1-maydan yoʻllarda yangi yoʻl belgilari paydo boʻladi.

Bu yoʻl belgilari haydovchiga Masjid, Cherkov, Ibodatxona, bozor va shunga oʻxshash obyektlar haqida maʼlumot beradi.

@BugungiGap
9.8K viewsedited  17:26
Ochish/sharhlash
2022-04-29 20:01:53
“Keksa yoshdagi aholi moddiy qoʻllab-quvvatlanadi” – prezident.

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilar bilan yigʻilishda pensiya va nafaqalar oshirilishi hamda Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarini moddiy ragʻbatlantirish haqida gapirdi.

@BugungiGap
10.6K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2022-04-29 19:49:15
Afgʻonistonda yana kuchli portlash sodir boʻldi.

Afg‘onistonning Qobul shahrida joylashgan “Xalifa Sohib” masjidida namoz vaqtida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytilmoqda.

@BugungiGap
10.4K views16:49
Ochish/sharhlash
2022-04-29 19:29:03
Andijonda toʻylarda “Andijon polkasi” aytiladi.

Senator Tolibjon Madumarov, Andijonda toʻylarda yor-yor aytishdan oldin “Andijon polkasi” aytiladi dedi. Oldinroq Andijon viloyati hokimi haqiqiy andijonliklar har kuni “Andijon polkasi”ga raqsga tushishi kerak degan edi.

@BugungiGap
10.8K views16:29
Ochish/sharhlash
2022-04-29 18:36:29
O‘zbekistonda ertaga rasman banklarda ish kuni.

Hukumatning tegishli qaroriga binoan, 30-aprel shanba kuni banklarda ish kuni deb belgilandi. Qarorni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov imzoladi.

@BugungiGap
12.2K views15:36
Ochish/sharhlash
2022-04-29 18:04:34
Polsha Ukrainaga 200 dan ortiq T-72 tanklarini yetkazib berdi.

Polsha hukumati Rossiya qoʻshinlariga qarshi kurashish uchun Ukraina armiyasiga 200 dan ortiq T-72 tanklari va bir necha o‘nlab piyoda askarlarning zirhli jangovar mashinalarini yetkazib berdi.

@BugungiGap
12.2K viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash
2022-04-29 16:52:10
“Dekret” to‘lovlarining bir qismini davlat to‘lab beradi.

2022-yil 1-sentabrdan boshlab homiladorlik nafaqasi (dekrek) to‘lovlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etiladi. Buning uchun Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilib, unga joriy yilda davlat budjetidan 170 mlrd so‘m ajratiladi.

@BugungiGap
12.9K viewsedited  13:52
Ochish/sharhlash
2022-04-29 16:40:08
Istanbulda kuchli portlash sodir boʻldi.

Turkiyaning Istanbul shahridagi sanoat hududida yongʻin va kuchli portlash sodir boʻldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlash oqibatida 3 kishi halok boʻlgan, yana 9 kishi jarohatlangan.

@BugungiGap
12.7K viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash