Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh hisoblab chiqildi. Yanvar- | BUGUNGI GAP | Расмий канал

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh hisoblab chiqildi.

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3,42 million so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,1 foizga ko‘pdir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Hududlar kesimida ish haqining eng yuqori darajasi Toshkent (5,21 million so‘m) va Navoiy viloyatida (4,73 million so‘m) qayd etildi. Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo (2,61 million so‘m) va Farg‘ona (2,59 million so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

@BugungiGap