Get Mystery Box with random crypto!

Болажон шеърлари

Telegram kanalining logotibi bolajonlarga_sherlar — Болажон шеърлари Б
Telegram kanalining logotibi bolajonlarga_sherlar — Болажон шеърлари
Kanal manzili: @bolajonlarga_sherlar
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.10K
Kanalning ta’rifi

😊 Bolali uy bozor
😔 Bolasiz uy mozor
✍️ Bolajonlarimiz uchun ajoyib va qiziqarli she'rlar
✍️Bog‘lanish uchun 👉 @sahovatchi

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-28 12:24:00 ​​Ko’ksimiz tog’ ko’nglimiz bog’
Zabonim bor hayotimiz chog’
Shukur deyman ota-onam sog’
Ona yurtim O’zbekistonim


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
3.5K views09:24
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:22:54 ​​Kindik qonim to’kilgan tuproq
Tuprog’ida o’sajak yaproq
Ona xalqim ko’ngli buncha oq
Ona yurtim O’zbekistonim


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
3.5K views09:22
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:18:55 ​​ O’ZBEKISTON

Mening yurtim O’zbekiston
O’lkalar ichra doston
Har yeri bog’-u bo’ston
Men tug’ilgan guliston

Sendir mening vatanim
O’zbekiston gulshanim
Senda barcha tinch-omon
Yaqin yo’lolmas yomon

Sensan millat oshyoni
Kezib topmadim dunyoni
Seningdek go’zal bo’ston
Men tug’ilgan guliston

Chor taraf chaman bog’lar
O’ragan azim tog’lar
Go’zallikda yagona
Har kuni shodiyona
Buyuk yurt O’zbekiston
Men yaralgan guliston


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
4.7K views09:18
Ochish/sharhlash
2022-08-12 22:02:28 ​​ Mustaqillik kun muborak.

Do'ppingizni ko'kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
Mustaqillik kun muborak.

Madh etgancha sho'x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
Mustaqillik kun muborak.

O'zbek eli o'ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko'rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko'prik,
Mustaqillik kun muborak.


Xudoyberdi To'ychiyev

https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
23.4K views19:02
Ochish/sharhlash
2022-08-12 21:56:32 ​​TINCH BO‘LSIN OSMONIMIZ

Sergakmizu hushyormiz,
Yurt ishiga tayyormiz.
Har ishda madadkormiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,

Biz Vatan posbonimiz.
Bizni kutar baxt-iqbol,
Porloq bo‘lar istiqbol.
Mangu bo‘lsin istiqlol –

Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Vatan –ko‘z qarog‘imiz,
Muqaddas tuprog‘imiz.

Yovga shay yarog‘imiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Avlodlari baxtga yor,

Ajdodlari madadkor.
Kelajagi ulug‘vor –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.


Nurulloh Oston

https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
17.9K views18:56
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:41:25 ​​Zavol ko’rma hech qachon, o’lkam,
Zavol bilmas shu yoshing bilan.
Muzaffar bo’l, g’olib bo’l, o’ktam,
Do’stu yoring, qardoshing bilan.
Asrlarning silsilasida
Boqiy turgay koshonang sening.
Ulug’ bashar oilasida
Mangu yorug’ peshonang sening.

Mangu yorug’ maskanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

A.Oripov


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
15.2K views17:41
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:40:34 ​​Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo,
Fazolarga qo’ysang ham qadam,
O’zligingni unutma aslo,
Unutma hech, onajon o’lkam.
Bir o’g’lingdek men ham bu zamon
Kechmishingni qildim tomosha.
Iqbolingni ko’roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.

Iqboli hur, sho’x-shanim manim.
O’zbekiston, Vatanim manim.


A.Oripov


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
12.9K views17:40
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:39:44 ​​Sen ketarsan balki yiroqqa,
Farg’onada balki, balqarsan.
Balki chiqib oqargan toqqa,
Cho’pon bo’lib gulxan yoqarsan.
Balki ustoz Oybekdek to’lib
Yozajaksan yangi bir doston.
Balki Habib Abdulla bo’lib,
Sahrolarda ochajakson kon.

Tuprog’i zar, ma’danim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

A.Oripov


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
10.5K views17:39
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:38:34 ​​Kech kuz edi, men seni ko’rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto’sh, yayov.
— Tashqarida izillar yomg’ir,
Kir, bobojon, yayragil bir oz.
Deding: — Paxtam, qoldi-ku axir,
Yig’ishtiray kelmasdan ayoz.

Ketding, umri mahzanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

A.Oripov


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
10.0K views17:38
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:36:59 ​​Tinch turarmi bu ko’hna olam,
Tinch turarmi dog’uli zamon.
Oromingni buzdi sening ham
Fashist degan vahshiy olomon.
Qonim oqdi Dantsigda manim,
Sobir Rahim yiqilgan chog’da.
Lekin, yurtim, kezolmas g’anim.
O’zbekiston atalgan bog’da.

Sensan nomus va sha’nim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.


A.Oripov


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
9.0K views17:36
Ochish/sharhlash