Get Mystery Box with random crypto!

​​ O’ZBEKISTON Mening yurtim O’zbekiston O’lkalar ic | Болажон шеърлари

​​ O’ZBEKISTON

Mening yurtim O’zbekiston
O’lkalar ichra doston
Har yeri bog’-u bo’ston
Men tug’ilgan guliston

Sendir mening vatanim
O’zbekiston gulshanim
Senda barcha tinch-omon
Yaqin yo’lolmas yomon

Sensan millat oshyoni
Kezib topmadim dunyoni
Seningdek go’zal bo’ston
Men tug’ilgan guliston

Chor taraf chaman bog’lar
O’ragan azim tog’lar
Go’zallikda yagona
Har kuni shodiyona
Buyuk yurt O’zbekiston
Men yaralgan guliston


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar