Get Mystery Box with random crypto!

Болажон шеърлари

Telegram kanalining logotibi bolajonlarga_sherlar — Болажон шеърлари Б
Telegram kanalining logotibi bolajonlarga_sherlar — Болажон шеърлари
Kanal manzili: @bolajonlarga_sherlar
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.10K
Kanalning ta’rifi

😊 Bolali uy bozor
😔 Bolasiz uy mozor
✍️ Bolajonlarimiz uchun ajoyib va qiziqarli she'rlar
✍️Bog‘lanish uchun 👉 @sahovatchi

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-06-18 21:20:22 ​​​​ " Bobo quyosh "

Osmonimiz bag‘rida,
Non kabi shirmoy.
Bobo quyosh yashaydi,
Hamrohidir oy.

Kunduzlari yo‘limiz,
Yoritar nuri.
Issiq tafti insonning,
Ko‘ngil huzuri.

Ayamaydi mehrini ,
Aslo bizlardan .
Sho‘x-shodon hamda quvnoq,
O‘g‘il - qizlardan.

Qish kelsa izg‘irindan,
Asraydi biroz.
Tanimiz qizdiradi,
Kelganida yoz.

Zaminda giyoh unar ,
Uning mehridan,
Hosillar xirmon bo‘lar,
Ajib sehridan.

Navoiy viloyati Navbahor tumani 6-MTT tarbiyachisi Beknazarova Baxmaloy

@Bolajonlarga_sherlar
8.8K views18:20
Ochish/sharhlash
2022-06-18 21:19:44 ​​ ‍BOLAM! ‍

Ulg'ayib sen bek bo'lgin.
Elimga xizmat qilgin.
Ota-onang orzu qilgan,
Oqil farzand bo'lgin.

Yurtingga yov kelsa ham
Tashlab ketma elingni.
Dushmanga taslim bo'lib
Tez ko'tarma qo'lingni.

Sarbonimiz ulug' yo'lga ,
Xalqin adl boshlaydi.
Bolajonim ergashmagan,
Doim boshin qashlaydi.

Boshlangan yo'l ,ulug' yo'l.
Jasur bo'lgin bolajon.
Dono bo'lgin o'qigin mo'l
Qoqilmagin bolajon.


Baxtiyor
Abduraim
Surxondaryo viloyati
Sherobod tumani
18-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi.


@Bolajonlarga_sherlar
7.0K views18:19
Ochish/sharhlash
2022-05-12 03:27:54 ​​
Бошларида рўмол тушмаган,
Кўнглимизни бирдек хушлаган.
Иймонини махкам ушлаган,
Онажоним, онажонимсиз.

Ёшлик қилиб ранжитган эдим,
Катта бўлиб қолганман дердим.
Қаритибман эътибор бердим,
Кечиргувчи онажонимсиз.

Эринмасдан мехрини тутган,
Гоҳ пайти аламлар ютган.
Ухламасдан йўлими кутган,
Қиёси йўқ онажонимсиз.

Ташвишларга қўяман гоҳи,
Дунёлардан тўяман гоҳи.
Далда бўлган ана шу чоғи,
Меҳрибоним онажонимсиз.

Бирор бора қовоқ солмаган,
Бойлик учун куйиб ёнмаган,
Оналикдан асло тонмаган,
Қалби дарё онажонимсиз.

Ҳол сўрашга ярайман бирров,
Дуо қилиб қоласиз дарров,
Сочингизга қўнса ҳам қиров,
Латофатли онажонимсиз.

Ширинсўзим етади сизга,
Жон бергансиз ўғилу қизга.
Керагингиз бор ҳали бизга
Ўхшаши йўқ онажонимсиз.

Отам сўзин икки қилмаган,
Ханузгача ишдан тинмаган,
Уйқу нима ҳали билмаган,
Бабеҳойим онажонимсиз

Содда онам, бенуқсон онам,
Деб юради ҳамиша болам,
Она билан тирик бу олам,
Омон бўлсин онажонимиз

Омон сақла онамни Аллоҳ,
Ўзинг бергин ҳар неда паноҳ,
Айирмагин бизларни эй воҳ,
Кулиб юрсин онажонимиз.

Равон бўлсин ҳамиша йўли,
Заррин бўлсин хажларда тўни,
Азални ҳам дуода қўли,
Яшолмайман онажонимсиз.


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
17.8K views00:27
Ochish/sharhlash
2022-05-01 10:13:28 ​​"SOTIB OLDI" DAKKINI

Alisherjon
Yeyman deya
Ko'p chakki.
Oyisidan
Yeb qoldi-ya,
Xo'p dakki.
To'kib qo'ydi
Chunki u bor
Chakkini.
Shu sababli
"Sotib oldi"
Dakkini.


RO'ZIMUROD BOLQIYEV

https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
17.5K views07:13
Ochish/sharhlash
2022-04-25 17:53:37 ​​ Bizni qishloqdagi xonadonlarga bolalarning aytib kelayotgan "Ramazon" she'ri

Ramazon aytib keldik eshigingizga,
Xudoyim o‘g‘il bersin beshigingizga.

Mo‘rilardan tutun chiqar,
Qatlamalar butun chiqar.

O‘tirib chiqing, o‘tirib chiqing
Yetmish tovoq to‘ldirib chiqing.

O‘choqda kul,
Tandirda kul,
Chiqara qoling
Ming so‘m pul.

Ming so‘m pulga ot oldik
Otni sotib qiz oldik
Qizni oti Nigoga
Non yopadi bechora

Nigora qochib ketdi
Xamiri achib ketdi
Endi nima qilamiz
Ramazon aytib yuramiz


Xalq she'ri

https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
19.2K views14:53
Ochish/sharhlash
2022-04-24 09:04:27 ​​RAQAMLAR TILGA KIRDI

6(Olti)
Beshdan keyin kelaman,
Nomimni derlar olti.
O'ng tomon aylantirsang,
Boshqa son bo'lib qolgum.

7(Yetti)
Yetti o'lchab, bir kes der,
Yetti kun bor haftada.
Men qarang mo'jizaman,
Mo'jiza bor yettita.

8(Sakkiz)
Yetti bilan to'qqizning
O'rtasi mening joyim.
Shaklimni chizib ko'rgin,
Bordir-a, ikki oyim.

9(To'qqiz)
Bir xonali sonlarning
Eng kattasi o'zimman.
Sakkizda ikki ko'z bor,
Men-chi, qarang bir ko'zman.

10(O'n)
Bir va noldan bo'ldim hosil,
Tarkibimda o'nta bir.
Juft sonlarning biriman,
Ukamlar to'qqiztadir.


RO'ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho'l tumani.


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
19.4K views06:04
Ochish/sharhlash
2022-04-19 06:46:27 ​​RAQAMLAR TILGA KIRDI

0 (Nol)
Yolg'iz kelsam yo'q sonman,
Na juft-u, na toq sonman.
Kelsam gar raqamdan so'ng,
Ko'nglim tog'dek, to'q sonman.

1(Bir)
Tik turaman gerdayib,
Shapkam bordir kelishgan.
Sanoq sonning boshiman,
Meni hamma bilishgan.

2(Ikki)
Birdan keyin kelaman,
Nomimni derlar ikki.
Darsini qilmaganga
"Sovg'aman" doim bilki.

3( Uch)
Ikkiga birni qo'shing,
Hosil bo'lgan men - uchman.
Ikkidan bir yuqori,
To'rt va beshdan kuchsizman.

4(To'rt)
Uchdan keyindir o'rnim,
Uchta ukam bor jajji.
Nomimni deyishar to'rt,
Menda nechta bir, top-chi?

5(Besh)
Beshta birning yig'indisi,
O'sha besh men bo'laman.
A'lo oqiganlarga
Qo'yilsam shodlanaman.


RO'ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho'l tumani


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
20.5K views03:46
Ochish/sharhlash
2022-04-16 17:54:14 ​​9 raqami

Men to’qqizman to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
17.4K views14:54
Ochish/sharhlash
2022-04-16 16:48:54 ​​8 raqami

Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
16.2K views13:48
Ochish/sharhlash
2022-04-16 16:48:12 ​​7 raqami

Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
14.6K views13:48
Ochish/sharhlash