Get Mystery Box with random crypto!

​​ Mustaqillik kun muborak. Do'ppingizni ko'kka otin | Болажон шеърлари

​​ Mustaqillik kun muborak.

Do'ppingizni ko'kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
Mustaqillik kun muborak.

Madh etgancha sho'x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
Mustaqillik kun muborak.

O'zbek eli o'ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko'rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko'prik,
Mustaqillik kun muborak.


Xudoyberdi To'ychiyev

https://t.me/Bolajonlarga_sherlar