Get Mystery Box with random crypto!

​​Tinch turarmi bu ko’hna olam, Tinch turarmi dog’uli zamon. O | Болажон шеърлари

​​Tinch turarmi bu ko’hna olam,
Tinch turarmi dog’uli zamon.
Oromingni buzdi sening ham
Fashist degan vahshiy olomon.
Qonim oqdi Dantsigda manim,
Sobir Rahim yiqilgan chog’da.
Lekin, yurtim, kezolmas g’anim.
O’zbekiston atalgan bog’da.

Sensan nomus va sha’nim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.


A.Oripov


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar