Get Mystery Box with random crypto!

Болажон шеърлари

Telegram kanalining logotibi bolajonlarga_sherlar — Болажон шеърлари Б
Telegram kanalining logotibi bolajonlarga_sherlar — Болажон шеърлари
Kanal manzili: @bolajonlarga_sherlar
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.10K
Kanalning ta’rifi

😊 Bolali uy bozor
😔 Bolasiz uy mozor
✍️ Bolajonlarimiz uchun ajoyib va qiziqarli she'rlar
✍️Bog‘lanish uchun 👉 @sahovatchi

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-06 20:36:11 ​​Lekin oftob poyimol o’lmas,
Kavaklarda qolmas oy nuri,
Odil hakam — haq bor, beg’araz,
Mazlumlarning buyuk g’amxo’ri.
Qilich serpab tole tongida
O’zligingni tanib qolding sen.
O’g’lonlarning qatra qonida
O’zbekiston nomin olding sen.

Nomi qutlug’ gulshanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

A.Oripov


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
8.6K views17:36
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:34:27 ​​Toleingda bor ekan yashash,
Goh qon ichding, gohida sharob.
Etmoq bo’lib yurtim xomtalash,
Bosh ustingga keldi inqilob.
Chora istab jang maydonidan
Samolarga uchdi unlaring,
Shahidlarning qirmiz qonidan
Alvon bo’ldi qora tunlaring.

Qonga to’lgan kafanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

A.Oripov


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
8.2K views17:34
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:33:28 ​​Bosh ustingdan o’tdi ko’p zamon,
O’tdi Budda, o’tdi Zardushti.
Har uchragan nokasu nodon,
Ona xalqim, yoqangdan tutdi.
Seni Chingiz g’azabga to’lib
Yo’qotmoqchi bo’ldi dunyodan.
Jaloliddin samani bo’lib
Sakrab o’tding Amudaryodan.

Sensan o’shal samanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

A.Oripov


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
7.9K views17:33
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:32:24 ​​Bobolardan so’zladim, ammo
Bir zot borkim, baridan suyuk:
Buyuklarga baxsh etgan daho,
Ona xalqim, o’zingsan buyuk.
Sen o’zingsan, eng so’nggi nonin
O’zi emay o’g’liga tutgan.
Sen o’zingsan, farzandlar shonin
Asrlardan opichlab o’tgan.

Ona xalqim, jon-tanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

A.Oripov


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
8.1K views17:32
Ochish/sharhlash
2022-07-14 20:00:27 ​​Mustaqil O’bekiston!

Baxtiyormiz, quvnoqmiz,
Tabiatga o’rtoqmiz.
O’ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo’lib sayraymiz.

Quchog’i bog’u bo’ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O’bekiston!

Allomalar beshigi,
Bag’ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo’shig’i
Mustaqil O’bekiston!


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
1.6K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-07-14 19:54:09 ​​Mustaqillik yog’dusi

O’zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog’dusi
O’zbekiston qomusi.

Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati
O’zbekiston qomusi.

Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo’rg’on,
Safarga chiqqan karvon
O’zbekiston qomusi.

Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o’g’il-qizi,
Tarixda cho’ng ildizi
O’zbekiston qomusi.

Madhiyasi, bayrog’i,
Humosi koz’ qarog’i,
Har xonadon charog’i
O’zbekiston qomusi.

Himmati baland o’zing,
Baxti bahramand oz’ing,
Ahli arjumand o’zing
O’zbekiston qomusi.

Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan
O’zbekiston qomusi.


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
1.5K views16:54
Ochish/sharhlash
2022-07-14 19:34:28 ​​ Mustaqillik muborak

Do’pingizni ko’ka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
mustaqillik kun muborak.

Madh etgancha shoh ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.

O’bek eli o’ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko’rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko’prik,
Mustaqillik kun muborak.


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
1.6K views16:34
Ochish/sharhlash
2022-06-21 05:46:20 ​​Qaldirg‘ochga aytiladi:

Qaldirg'och, g'och-g'och,
Eshigingni tezroq och,
Eshigingni ochmasang,
Menga yordam bermasang,
Doʻstlashmayman sanminan,
Gaplashmayman sanminan.
Ashulalar aytmayman,
Uchib kelsang, qo'ymayman.


Qaldirg'och, g'och-g'och.
Eshigingni och-och.
Eshigingni ochmasang,
Tuynugingdan kiraman.
So“k oshingni ichaman.
Ichaman-u, qochaman.


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
8.6K views02:46
Ochish/sharhlash
2022-06-20 14:36:14 ​​TULKI

Mendirman o'sha tulki,
Bo'lganman juda kulgi.
Tovuq-xo'roz o'g'risi,
Ayyordirman to'g'risi.
Dumim bor ancha uzun,
Dam olaman kunduzi.
Bo'lsa ham-ki, kun sovuq,
Ovdaman, o'ljam tovuq.


RO'ZIMUROD BOLQIYEV

https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
8.3K views11:36
Ochish/sharhlash
2022-06-20 14:34:21 ​​ SHAFTOLI

Nomim derlar shaftoli,
Bo'laman men ham totli.
Navim bordir bir talay,
Qay birin sanab o'tay.
Hatto danagim foyda,
Ishlatar ko'plab joyda.
Men, ha o'sha shaftoli,
Gaplashamiz ko'p hali.


RO'ZIMUROD BOLQIYEV

https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
7.7K views11:34
Ochish/sharhlash