Get Mystery Box with random crypto!

BIZNES NARVON 📊

Telegram kanalining logotibi biznesrejavateo — BIZNES NARVON 📊 B
Telegram kanalining logotibi biznesrejavateo — BIZNES NARVON 📊
Kanal manzili: @biznesrejavateo
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.29K
Kanalning ta’rifi

BIZNES NARVON — Muvaffaqiyatga Eltuvchi Karvon
Sizga va Sizning Biznesingizga zarur barcha elementlar:
✅• Biznes Reja
✅• Grand Loyiha
✅• Patent Olish
✅• Marketolog
✅• Biznes Rivoj
Biz bilan aloqa📱
☎ 998930901007
☎️ 998930901008
✍ @business_rejalar

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-13 18:56:38 #Қонунчиликдаги_янгиликлар

АКТ соҳасидаги ўқув курслари учун таълим кредити ажратилади

“Замонавий билим ва касб-ҳунар эгаллаш имкониятларини кенгайтириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–350-сон, 12.08.2022 й.) қабул қилинди

Қарорга мувофиқ 2022 йил 1 октябрдан нодавлат таълим ташкилотларининг ўқув курсларида ёшларнинг ахборот технологиялари соҳасида ўқиши учун таълим кредити ажратиш тизими йўлга қўйилади.

Бунда таълим кредитлари:

Марказий банкнинг асосий ставкасида (15%);
БҲМнинг 65 бараваригача 1 йиллик имтиёзли давр билан 4 йил муддатга ажратилади;
“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га кирган оилалар фарзандлари учун таълим кредити олишда гаров ва кафиллик талаб этилмайди.

2022 йил 1 ноябрдан
IT-парк резиденти бўлган ташкилотларнинг ўқув курсларида таҳсил олаётган ёки ушбу ўқув курсларини сўнгги 6 ойда муваффақиятли тамомлаган ёшларга компьютер харид қилиш учун БҲМнинг 25 бараваригача (7,5 млн сўмгача) истеъмол кредитлари ажратилади.

Бунда истеъмол кредитлари бўйича фоиз тўловлари Марказий банк асосий ставкасининг 1,5 бараваригача қисми Ёшларга оид давлат сиёсатини қўллаб-қувватлаш жамғармаси ҳисобидан компенсация қилинади.

Каналга уланиш
@biznesrejavateo
942 viewsRuxsora, edited  15:56
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:33:01
Tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishi

O‘RQ-328-son 02.05.2012 yil 29-modda.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari kredit resurslaridan foydalanishda teng huquqlarga ega.

Budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlarining, fermer va dehqon xo‘jaliklarining dastlabki (boshlang‘ich) kapitalini shakllantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin.

Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlarini imtiyozli kreditlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi banklar va boshqa kredit tashkilotlariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.

Banklar kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini hisobga olish huquqiga ega.

Qonun: https://lex.uz/docs/-2006789

Kanalga ulanish @biznesrejavateo
136 viewsAllaberganova Ruxsora, edited  10:33
Ochish/sharhlash
2022-07-07 08:16:12
2022-2026 йилларда Ўзбекистон Республикасининг инновацион ривожланиш стратегиясини амалга ошириш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

https://uza.uz/posts/388053

Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube

@biznesrejavateo
349 viewsAllaberganova Ruxsora, edited  05:16
Ochish/sharhlash
2022-07-07 08:15:08 Ёшлар ишлари агентлиги, Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги, Инновацион ривожланиш вазирлиги, Молия вaзирлиги , "Ёшлар — келажагимиз" жамғармаси ва Ўзбекистон ёшлар тадбиркорлигини қўллаб-қувватлаш марка бизилан ҳамкорликда республикамиз бўйлаб "Бизнесга биринчи қадам" стартап ғоялари танловини эълон қилади !

Танловда 18 ёшга тўлган ва 30 ёшдан ошмаган (шу ёш ҳам) ёшлар якка тартибда ёки 5 кишидан ортиқ бўлмаган гуруҳ шаклида иштирок этишлари мумкин.

Танлов якунларига кўра, ҳар бир туман (шаҳар) кесимида энг юқори балл тўганпла 3 нафар иштирокчичи танлов ғолиби деб эълон қилинади ва уларнинг ҳар бирига БҲМнинг (300 минг сўм) 200 бараваригача (60 млн сўм) грант маблағлари ажратилади.

Танловда иштирок этиш учун аризалар 2022 йил 6 июлдан 6 августгача давом этади.

Батафсил
: https://yoshlarportali.uz/uz/contests/74
Бизнинг телеграмдаги сахифамиз: @biznesrejavateo
330 viewsAllaberganova Ruxsora, edited  05:15
Ochish/sharhlash
2022-07-06 19:16:54
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish

VM 618-son 04.10.2021 yil

Hisoblangan kompensatsiya miqdori eksport qiluvchi amalga oshirgan haqiqiy tashish xarajatining 50 foizidan oshib ketgan taqdirda, kompensatsiya miqdori eksport qiluvchi tashish xarajatlarining 50 foiziga teng bo‘ladi.

Qonunchilik hujjatlarida o‘zgacha miqdorlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuqoridagi tartibda hisoblangan kompensatsiya miqdori mahsulotlar eksport qiymatining (tashish xarajatisiz):

avtomobil transportida tashishda 5 foizidan;

temir yo‘l transportida tashishda 7 foizidan;

havo transportida tashishda meva-sabzavot mahsulotlariga 15 foizidan, boshqa mahsulotlarga 6 foizidan ortib ketgan holatlarda kompensatsiya miqdori mahsulot eksport qiymatiga (tashish xarajatisiz) nisbatan ushbu belgilangan foizlardan kelib chiqib hisoblanadi.

Kanalga ulanish @biznesrejavateo
492 viewsAllaberganova Ruxsora, edited  16:16
Ochish/sharhlash
2022-07-05 19:35:49
Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga yana bir imkoniyat!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 765-sonli Qaroriga asosan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish istagida bo'lgan yoshlarga yillik 16% stavkada, 7 yil muddatgacha, 3 yil imtiyozli davr bilan imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilangan.

Ko'p sonli taklif va murojaatlardan kelib chiqqan holda, loyihalarni tanlab olishda shaffoflikni ta'minlash hamda arizalarni onlayn shaklda qabul qilish maqsadida telegram bot ishga tushirildi.

Siz ham tadbirkorlik qilmoqchi yoki faoliyatingizni rivojlantirmoqchi boʻlsangiz murojaatlar:

@yosh_tadbirkorga_madad_bot orqali qabul qilinadi!

Kanalga ulanish @biznesrejavateo
647 viewsAllaberganova Ruxsora, edited  16:35
Ochish/sharhlash
2022-07-05 15:15:58
“Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʼchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash

(VM-24 son, 17.01.2022 yil)

Limon yetishtiradigan qishloq xoʼjaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish qurilmalari qiymatining 30 foizgacha boʼlgan qismi Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish agentligining Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qoplab beriladi.

Yangi limonzorlar barpo etish va koʼchatlar xarid qilish bilan bogʼliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʼmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.

Kanalga ulanish @biznesrejavateo
638 viewsAllaberganova Ruxsora, edited  12:15
Ochish/sharhlash
2022-07-04 12:02:48 STARTUP REVIEW 1.0

"Wolfsofts" хусусий корхонаси томонидан Хоразм вилоятида амалга оширилаётган замонавий VR технологияларига асосланган стартап лойиҳаси Инновацион ривожланиш вазирлиги томонидан 947,8 млн сўм билан молиялаштирилган.

Лойиҳа доирасида 10 та иш ўрни яратилиб, 1,0 млрд сўм атрофида ишлаб чиқариш ҳажми мавжуд.

Тафсилотлар видеороликда





@mininnovation
620 viewsAllaberganova Ruxsora, 09:02
Ochish/sharhlash
2022-07-03 12:05:11
#Биласизми

Тадбиркорлар ўз пулларини мустақил тасарруф этади

Давлат органлари, банклар ёки бошқа кредит ташкилотлари тадбиркорларнинг пулларидан фойдаланиш йўналишларини белгилаб бериши ва назорат қилишга ҳамда пулларни ўз хоҳишига кўра тасарруф этиш ҳуқуқларига чекловлар белгилашга ҳақли эмас.

Тадбиркорларнинг фаолиятини ва уларнинг банклардаги ҳисобварақлари бўйича операцияларни қонунга хилоф тўхтатиб туриш мансабдор шахсларга БҲМнинг 40 бараваридан 80 бараваригача (12 млн сўмдан 24 млн сўмгача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

@biznesrejavateo
818 viewsAllaberganova Ruxsora, edited  09:05
Ochish/sharhlash
2022-07-01 15:39:13 ​​ Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish)

O‘RQ-328-son 02.05.2012 yil _49-modda.

_
Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan tegishli vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga yoxud sudning yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida bo‘shatilayotgan xodimlarga qonunchilikka muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.

Jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tugatish uning qaroriga yoki sud qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik subyekti uning tugatilishi (faoliyati tugatilishi) haqidagi yozuv ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tegishli davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan (faoliyati tugatilgan) hisoblanadi.

Tadbirkorlik subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qonun: https://lex.uz/docs/-2006789

Kanalga ulanish @biznesrejavateo
1.1K viewsAllaberganova Ruxsora, edited  12:39
Ochish/sharhlash