Get Mystery Box with random crypto!

“Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy et | BIZNES NARVON 📊

“Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʼchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash

(VM-24 son, 17.01.2022 yil)

Limon yetishtiradigan qishloq xoʼjaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish qurilmalari qiymatining 30 foizgacha boʼlgan qismi Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish agentligining Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qoplab beriladi.

Yangi limonzorlar barpo etish va koʼchatlar xarid qilish bilan bogʼliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʼmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.

Kanalga ulanish @biznesrejavateo