Get Mystery Box with random crypto!

​​ Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (uning faoliyati | BIZNES NARVON 📊

​​ Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish)

O‘RQ-328-son 02.05.2012 yil _49-modda.

_
Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan tegishli vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga yoxud sudning yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida bo‘shatilayotgan xodimlarga qonunchilikka muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.

Jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tugatish uning qaroriga yoki sud qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik subyekti uning tugatilishi (faoliyati tugatilishi) haqidagi yozuv ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tegishli davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan (faoliyati tugatilgan) hisoblanadi.

Tadbirkorlik subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qonun: https://lex.uz/docs/-2006789

Kanalga ulanish @biznesrejavateo