Get Mystery Box with random crypto!

BIZNES NARVON 📊

Telegram kanalining logotibi biznesrejavateo — BIZNES NARVON 📊 B
Telegram kanalining logotibi biznesrejavateo — BIZNES NARVON 📊
Kanal manzili: @biznesrejavateo
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.29K
Kanalning ta’rifi

BIZNES NARVON — Muvaffaqiyatga Eltuvchi Karvon
Sizga va Sizning Biznesingizga zarur barcha elementlar:
✅• Biznes Reja
✅• Grand Loyiha
✅• Patent Olish
✅• Marketolog
✅• Biznes Rivoj
Biz bilan aloqa📱
☎ 998930901007
☎️ 998930901008
✍ @business_rejalar

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-18 12:29:38
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga subsidiyalar.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun — 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha;

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha (bunda uch oy davomida to‘lab beriladigan subsidiya uch oyga teng taqsimlangan holda har bir oy uchun to‘lab beriladi) Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Kanalga ulaning: @biznesrejavateo
1.1K viewsRuxsora, edited  09:29
Ochish/sharhlash
2022-08-17 14:03:34
“Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Kanalga ulaning: @biznesrejavateo
958 viewsRuxsora, edited  11:03
Ochish/sharhlash
2022-08-16 14:38:47
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Kanalga ulaning: @biznesrejavateo
998 viewsRuxsora, edited  11:38
Ochish/sharhlash
2022-08-16 08:35:51 Xalq banki chorvachilikni rivojlantirish uchun kredit ajratilishini ma'lum qilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlari uchun Fransiya taraqqiyot agentligi mablag'lari hisobidan quyidagi shartlarda kredit taklif etilmoqda:

muddati:
- uzoq muddatli – 120 oygacha;
- aylanma mablag' uchun – 18 oygacha;

yillik foiz stavkasi – 18%.
1.4K viewsRuxsora, 05:35
Ochish/sharhlash
2022-08-15 14:09:57
Ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratiladi.

Bunda: qishloq xo‘jaligi kooperativlari

baliqchilik
quyonchilik
parrandachilik
asalarichilik
meva-sabzavotchilik
uzumchilik
tikuvchilik
hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi;

Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi;

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Kanalga ulaning: @biznesrejavateo
1.0K viewsRuxsora, edited  11:09
Ochish/sharhlash
2022-08-15 14:08:11
«Аёллар бизнесига биринчи қадам» ва «Бўлажак олим» танлови натижалари билан танишинг!

Инновацион ривожланиш вазирлиги ҳузуридаги Ёшлар академияси томонидан эълон қилинган «Аёллар бизнесига биринчи қадам» ва «Бўлажак олим» танловлари иқтидорли ёшлар ва ёш олимларнинг илмий ва инновацион фаолиятини рағбатлантириш ҳамда уларнинг илмий ижодий ғоялари, интеллектуал салоҳиятини рўёбга чиқариш мақсадида ташкил этилган бўлиб, иқтисодиёт тармоқлари ва ижтимоий соҳанинг муаммолари ечимига қаратилган илмий ғоялар, илмий ва стартап лойиҳалар қабул қилинди.

Хусусан, «Бўлажак олим» танловига 197 ҳужжат келиб тушди ва улардан 20 таси 2-босқичга ўтди. «Аёллар бизнесига биринчи қадам» танловига эса 168 та ҳужжат келиб тушган бўлиб, улардан 24 таси 2-босқичга йўлланма олди. Шундай қилиб, 1-босқич натижаларига кўра, 44 нафар ёшлар танловларнинг 2-босқичига муваффақиятли ўтдилар.

БАТАФСИЛ

@biznesrejavateo
838 viewsRuxsora, edited  11:08
Ochish/sharhlash
2022-08-15 14:07:29
«Инно ташаббус» танловида иштирок этинг!

Бу танловда Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида истиқомат қилувчи, ёши ва жинсидан қатъий назар, инновацион фаолият билан шуғулланиш истагида бўлган ва ўзининг илмий исботланган ёки тайёр прототип ҳолига келтирилган инновацион ишланмасига эга бўлган фуқаролар иштирок этиши мумкин.

«Инно ташаббус» танлови 2 босқичда — ҳудудий ва Республика босқичларида қуйидаги тартибда ташкил қилинади.

Танлов ғолиблари 10 млн сўмдан 50 млн сўмгача рағбатлантирилади.

Танловга ҳужжатлар tanlov@innotashabbus.uz электрон почтаси орқали 2022 йил 1 сентябрга қадар қабул қилинади.

БАТАФСИЛ

@biznesrejavateo
894 viewsRuxsora, edited  11:07
Ochish/sharhlash
2022-08-13 19:03:50 ​ Инновацион ривожланиш вазирлиги томонидан эълон қилинган стартап лойиҳалари танловларида иштирок этинг:

“Green Standart in Aral” мавзусидаги стартап лойиҳалар танлови
(Муддат: 20.08.2022)
https://mininnovation.uz/startup/post-626

Қўқон университети талаблари учун туризм соҳаси бўйича стартап лойиҳалар танлови
(Муддат: 01.09.2022)
https://mininnovation.uz/startup/post-754

“Миллий мессенжер ва ижтимоий тармоқлар бўйича лойиҳалар" мавзусидаги стартап лойиҳалар танлови
(Муддат: 01.10.2022)
https://mininnovation.uz/startup/post-741

Инновацион ҳудудларнинг муаммолари ечимига қаратилган стартап лойиҳалар очиқ танлови
(Муддат: 30.12.2022)
https://mininnovation.uz/startup/post-438

Танловларда иштирок этинг ва рўйхатдан ўтинг.

Маълумот учун:
+998-71-203-32-23 (ички рақам: 216)
www.mininnovation.uz

@mininnovation
@biznesrejavateo
1.0K viewsRuxsora, edited  16:03
Ochish/sharhlash
2022-08-13 19:01:42
#Биласизми

Балиқчилик хўжаликларига қуйидаги субсидиялар берилади:

интенсив усулда етиштирилган бир тонна балиқ маҳсулоти учун 1 миллион сўм;
импорт қилинган бир дона наслдор она балиқнинг 3,5 миллион сўмгача бўлган харажатларининг 50 фоиз қисмига.

Каналга уланиш
@biznesrejavateo
892 viewsRuxsora, edited  16:01
Ochish/sharhlash
2022-08-13 18:58:41
#Биласизми

Қонунчиликка кўра, етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болалар давлат боғчалари ва мактабларга навбатга қўйилмасдан жойлаштирилади.

Уларга техникум, коллеж, академик лицей ёки ОТМда ўқиётганда ҳар ўқув йилида 1 маротаба ўқув, илмий ва бадиий адабиётлар (китоблар) харид қилиш учун БҲМнинг 5 баравари (1 млн 500 минг сўм) миқдорида субсидия берилади.

Етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болалар ўқишни давлат ОТМларида давом эттирганда уларга стипендия 50 фоизга оширилган ҳолда тўланади.

Каналга уланиш
@biznesrejavateo
876 viewsRuxsora, edited  15:58
Ochish/sharhlash