Get Mystery Box with random crypto!

Tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishi | BIZNES NARVON 📊

Tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishi

O‘RQ-328-son 02.05.2012 yil 29-modda.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari kredit resurslaridan foydalanishda teng huquqlarga ega.

Budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlarining, fermer va dehqon xo‘jaliklarining dastlabki (boshlang‘ich) kapitalini shakllantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin.

Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlarini imtiyozli kreditlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi banklar va boshqa kredit tashkilotlariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.

Banklar kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini hisobga olish huquqiga ega.

Qonun: https://lex.uz/docs/-2006789

Kanalga ulanish @biznesrejavateo