Get Mystery Box with random crypto!

Ammo, Yozuvchilar uyushmasining birinchi o‘rinbosari bo‘lib tu | Shokir Tursun qarashlari

Ammo, Yozuvchilar uyushmasining birinchi o‘rinbosari bo‘lib turgan bir inson haqida yosh bir adabiyotga qiziqadigan yigitning maqtovdan boshqa so‘z bo‘lmagan fikrlari ham maqtaluvchiga, ham maqtayotgan odamga yaxshi tassurot olib kelmas holdamiz deb o‘ylayman va muxtasarlikni maqbul ko‘raman…
Kitobdan o‘rin olgan she’rlar bilan tanishib chiqdim, misralarni ovoz chiqarib, pafoslangacha o‘qiyman-u, ruhim allanayotganligini, tuyg‘ular qo‘zga‘alishi yoki shun kabi lirik holdan keyin Hazrat Navoiyning “Hayrat-ul abror” dostonida yozilgan “O‘zi rostning so‘zi rost” misralarni kitobning hoshiyasiga yozib qo‘ydim.
Bejiiz bu misrani eslamadim. Kitobdan o‘rin olgan she’rlar shoirning o‘zidek: samimiy, pok niyatlar bilan sug‘orilgan, yasamalik va zo‘rakilik yo‘q. Mehr izlasangiz mehr topasiz, sevgiga oshuftalik izlasangiz, ishq ohanglariga duch kelasiz, sog‘inch izlasangiz, visol ulashiladi… Kitob shunday… Samimiy deb aytdim-ku…
She’rlar pok va samimiy, tushuntira olmayapman, biroz…
Nodir Jonuzoqni kimdir yaxshi shoir deb tanir, kimdir yaxshi inson deb bilar… Bugunning yoshlari esa u insonni yaxshi aka deb bilishi va ayqin olishi ham bor…
Nasiba bilan, oxirgi yillarda har safar Zomin yosh ijodkorlar seminariga borish nasib qiladi.
Yulduzlar osmonni egallagan payt ko‘shkda suhbat va mulohazalar boshlanadi…Erkin A’zam, Mahmud Toir, Isajon Sulton, Qo‘chqor Norqobil, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Bahodir Karim, Nurboy Jabborov…
Va men… She’r aytiladi, adabiyot haqida yuraklar butun tana bo‘lib gapiriladi va men…
Suhbatlar tong yaqinlashgunicha bo‘ladi… Mana shu suhbatlar Nodir akani menga ham inson ham aka sifatida yaxshi tanitganini aniq eslayman.
Yaxshi kitob tavsiya etish ham bugun masalaga aylandi. Did jiddiylik kasb eta boshladi. Odamlarning adabiyotga nafi zarur va ehtiyojga aylanayotgandek.
Filandiyada cho‘kayotgan odamning kitobga yopishayotgan suratini ko‘pimiz bilamiz… Cho’kayotgan insonni kitob qutqarishi bor gap, ammo har qanday kitoblar endi qutqara olmaydi, har qanday she’rlar yurakni zabt eta olmaydi. Yana gap didga va tanlovga borib qadalyapti.
Alisher Navoiydan ikki misra shu joyiga:
To topibon xush takallum tuzay,
So‘z chamani ichra Navo ko‘rguzay…
Shoirni so‘z chamani ichra mohirona navo yarata olganligi bilan, hayot go‘zalligini qalb go‘zalligi orqali so‘z musavviri yanlig‘ mohir chiza olganligi bilan tabriklayman.
Adabiyot eliga, chin she’r muxlislariga, she’riyatga shaydolarga, ma’rifat va ma’naviyat jonkuyarlariga yana bir yangi nashr muborak bo‘lsin!
@SohibjonHotamov