Get Mystery Box with random crypto!

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan targʻibo | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan targʻibot ishlari sog'lomlashtirish maydonchalarida ham amalga oshirilmoqda

Xabaringiz bor, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining mas'ul xodimlari tomonidan targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Yunusobod tumanida joylashgan 220-sonli umumta'lim maktabi qoshida tashkil etilgan "Quyoshcha" sog'lomlashtirish maydonchasida targ'ibot ishlari olib borildi.

Targ'ibot so'nggida mas'ul xodimlar tomonidan o'quvchi-yoshlarga targ'ibot flayerlari taqdim qilindi.

Mazkur targʻibot ishlaridan asosiy maqsad, maktabdan tashqari taʼlim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish hamda o'quvchi-yoshlarni to'garaklarga jalb etishdan iborat.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site |Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE