Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT DIQQAT #Challenge #Vatanim_31_yoshda 1-sentabr - O'z | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

DIQQAT DIQQAT

#Challenge
#Vatanim_31_yoshda

1-sentabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi
munosabati bilan, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi #Vatanim_31_yoshda challengeni e’lon qiladi.

Challenge videorolik yoʻnalishida quyidagi shartlar asosida tashkil etiladi:
"Vatanim 31 yoshda" mavzusiga oid videorolik (videorolik vizual va ovozli effektlar, jonli tasvirlar asosida yaratilgan hamda mavzuni to'liq ochib berishi hamda mp4 formatida 50 MB dan oshmagan hajmda bo'lishi lozim).

Challengeda ishtirok etish uchun ijodiy ishlar @RBABM_Tanlovbot telegram manziliga joriy yilning 5-sentabr kuniga qadar yuborishlari lozim.

Challengeda hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablarining direktorlari toʻgarak a’zolari hamda xodimlari bilan birgalikda ishtirok etishlari kerak(Bunda ishtirokchilar avvalo o'z maktabini tanishtirishi hamda bayram munosabati bilan tabriklashlari lozim).

Eng yaxshi videoroliklar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylab boriladi.

Videorolik izohida muallif yoki mualliflar jamoasi haqida (tuman, shahar) ma’lumot berilishi zarur.

Challengedan asosiy maqsad, "1-sentabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni"ni bayramona tarzda nishonlash hamda yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishdan iborat.

Barchani challengeda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE