Get Mystery Box with random crypto!

Baxtiyor Saidov

Telegram kanalining logotibi bakhtiyor_saidov — Baxtiyor Saidov B
Telegram kanalining logotibi bakhtiyor_saidov — Baxtiyor Saidov
Kanal manzili: @bakhtiyor_saidov
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.05K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
——
Министр иностранных дел Республики Узбекистан
——
Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan
www.mfa.uz
fb.com/FMSaidov
twitter.com/FM_Saidov
instagram.com/fm_saidov/

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-03-21 04:30:50 Hurmatli vatandoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi va o‘z nomimdan barchangizni yasharish va yangilanish timsoli, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik bayrami Navro‘zi Olam bilan samimiy muborakbod etaman!
Buyuk bobokalonimiz, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy “Har tuning qadr o‘lubon, har kuning o‘lsun Navro‘z”, deya o‘z asarlarida madh etgan ushbu qutlug‘ sana Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga binoan har yili xalqaro darajada nishonlanib kelayotgani Navro‘zning o‘lmas ruhi, umuminsoniy g‘oyalari bashariyat hayotidan chuqur o‘rin egallab borayotganidan dalolat beradi.
Navro‘zi Olam tarannum etgan hamjihatlik, hamkorlik, bag‘rikenglik g‘oyalari bugun muhtaram Prezidentimiz rahbarligida hayotga tadbiq etilayotgan Yangi O‘zbekistonning konstruktiv va pragmatik tashqi siyosatida o‘z aksini topmoqda. Vatanimiz erishayotgan muvaffaqiyatlar, yurtimizda inson manfaatlari, uning qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda.

Aziz yurtdoshlar!
Barchamiz uchun qadrli Navro‘z ayyomi bilan chin dildan tabriklayman! Ushbu qutlug‘ kun har bir xonadonga, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelishiga tilakdoshman!
Navro‘zi Olam barchangizga muborak bo‘lsin!

***
Dear compatriots!
On behalf of the Ministry of Foreign Affairs family and on myself, I sincerely congratulate all of you on Navruz, which symbolizes awakening and renewal, embodying calmness, kindness, and care. This is a holiday that the great poet and thinker Alisher Navoi sang in his great poem: "May every night be sacred to you, and every day be as bright as Navruz."
As per the United Nations’ decision, Navruz is celebrated worldwide every year, showing the unique spirit and humanistic ideas of Navruz that are placed deep in our hearts.
Today, the ideas of solidarity, mutual assistance, and tolerance underlying Navruz are reflected in the constructive and pragmatic foreign policy of the New Uzbekistan, implemented under the leadership of our President Shavkat Mirziyoyev. The progress we have been experiencing, and the systemic reforms in our country aimed at protecting human rights, interests, honor, and dignity are widely recognized by the international community.

Dear compatriots!
I sincerely congratulate you on the Navruz holiday! May peace and tranquility always reign in our country. May this day bring happiness and prosperity to our people and to every home!
Happy Navruz holiday to all of you!

***
Дорогие соотечественники!
От имени коллектива Министерства иностранных дел Республики Узбекистан и от себя лично искренне поздравляю всех вас с Наврузом, прекрасным праздником обновления.
Этот день символизирует пробуждение, олицетворяя собой спокойствие, доброту и заботу. Это праздник, который воспевал в своих бесценных произведениях великий поэт и мыслитель Алишер Навои: «Пусть каждая ночь будет для тебя священной, и каждый день твой светлым, как Навруз».
По решению Организации Объединенных Наций каждый год Навруз отмечается на международном уровне. Это свидетельствует о том, что уникальный дух и гуманистические идеи Навруза занимают глубокое место в жизни человечества.
Сегодня идеи солидарности, взаимовыручки, толерантности, лежащие в основе Навруза, находят свое отражение в конструктивной и прагматичной внешней политике Нового Узбекистана, реализуемой под руководством нашего уважаемого Президента. Достижения нашей Родины, проводимые в стране системные реформы во имя защиты интересов человека, его прав, чести и достоинства широко признаются международным сообществом.

Дорогие соотечественники!
Искренне поздравляю вас с праздником Навруз! Пусть всегда в нашей стране царят мир и спокойствие. Пусть этот день принесет нашему народу и в каждый дом счастье и благополучие!
С праздником Навруз!

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
6.3K viewsedited  01:30
Ochish/sharhlash
2023-03-17 15:23:56
Bugun Rossiya Prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik bo'yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy Janobi Oliylari bilan uchrashdik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida madaniyat, ta’lim va turizm kabi sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik.

***
Welcomed the Special Representative of President of Russia for International Cultural Cooperation H.E. Mikhail Shvydkoy today. We have discussed the ways to expand Uzbekistan - Russian cooperation in such areas as culture, education and tourism.

***
Сегодня в Ташкенте встретились со Специальным представителем Президента России по международному культурному сотрудничеству Е.П. Михаилом Швыдким. Обсудили перспективы расширения узбекско-российского сотрудничества в таких сферах, как культура, образование и туризм.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
5.2K views12:23
Ochish/sharhlash
2023-03-16 12:55:04
Turkiy davlatlar tashkiloti favqulodda sammiti arafasida Anqarada TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishiga raislik qilishdan mamnun bo'ldik. Tashkilotimiz doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari hamda sanoqli soatlarda boshlanadigan Sammit kun tartibi loyihasini muhokama qildik.
***
On the eve of the Extraordinary Summit of the Organization of Turkic States we are delighted to chair the meeting of #OTS Council of Foreign Ministers in #Ankara. We discussed the most acute issues of cooperation within our organization and the draft agenda of the Head of State level Summit to be held in a few hours.
***
Рады председательствовать на заседании Совета министров иностранных дел ОТГ в #Анкаре в преддверии чрезвычайного саммита Организации тюркских государств. Обсудили актуальные вопросы сотрудничества в рамках нашей организации и проект повестки Саммита глав государств, который состоится через несколько часов.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
1.1K views09:55
Ochish/sharhlash
2023-03-14 11:15:41
Niderlandiya Qirolligining O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Andre Karstens Janobi Oliylari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnun bo‘ldik. Muloqotimiz chog‘ida o‘zaro savdo aylanmasini ko‘paytirish, istiqbolli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiy va parlamentlararo aloqalarni institutsionallashtirishga alohida e’tibor qaratdik.
***
Pleased to host the newly appointed Ambassador of the Kingdom of the Netherlands to Uzbekistan H.E. Andre Carstens and receive his credentials. We concentrated on augmenting trade, implementing joint projects in promising areas, institutionalizing economic and inter-parliamentary ties.
***
Рады встретиться с вновь назначенным Послом Королевства Нидерландов в Узбекистане Е.П. Андре Карстенсом и принять его верительные грамоты. В ходе переговоров особое внимание уделили наращиванию взаимной торговли, реализации совместных проектов в перспективных сферах, институционализации экономических и межпарламентских отношений.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
4.6K views08:15
Ochish/sharhlash
2023-03-13 21:28:31
Pokistonning yangi tayinlangan Elchisi Ahmed Faruq Janobi Oliylari bilan uchrashdik va ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldik. Yangi lavozimda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. So‘nggi vaqtlarda ikki tomonlama munosabatlarimiz misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlanib, O‘zbekiston va Pokistonni yanada yaqinlashtirmoqda.
***
Welcomed the new Ambassador of Pakistan H.E. Ahmed Farooq and received the copies of his credentials. We wish him all the successes in his new capacity. Our bilateral relations have been showing unprecedented dynamics recently bringing #Uzbekistan and #Pakistan much closer.
***
Провели встречу с вновь назначенным Послом Пакистана Е.П. Ахмедом Фаруком и приняли копии его верительных грамот. Желаем ему всяческих успехов в его новом качестве. В последнее время наши двусторонние отношения демонстрируют беспрецедентную динамику, сближая #Узбекистан и #Пакистан.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
5.5K views18:28
Ochish/sharhlash
2023-03-13 14:37:14
Bugun Toshkentda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk Janobi Oliylari bilan uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekiston va BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildik. Qayd etish joizki, so‘nggi yillardagi aloqalarimiz O‘zbekistonning inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirishda qat’iyligini namoyon etadi.

***

Welcomed the UN High Commissioner for Human Rights H.E. Volker Turk today in Tashkent. We have discussed promising cooperation between Uzbekistan and the UN Human Rights office in recent years, which shows Uzbekistan's commitment to continuing reforms aimed at fully ensuring the human rights and interests of people.

***

Сегодня в г.Ташкенте приветствовали Верховного комиссара ООН по правам человека Е.П. Фолькера Тюрка. Обсудили перспективные направления взаимодействия между Узбекистаном и Управлением Верховного комиссара по правам человека, которое показывает приверженность Узбекистана в продолжении реформ, направленных на обеспечение прав человека и интересов людей.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
5.7K views11:37
Ochish/sharhlash
2023-03-12 20:38:23
Tehronda O'zbekiston transport vaziri Ilxom Maxkamov bilan birgalikda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriy Janobi Oliylari bilan muzokaralar o'tkazdik. Muloqot chog'ida O'zbekiston va IHT o'rtasidagi hamkorlik kun tartibini, shu jumladan mintaqaviy savdo va o'zaro bog'liqlik masalalarini hamda Tashkilot doirasida rejalashtirilgan bo'lajak tadbirlarga tayyorgarlikning turli jihatlarini muhokama qildik.
***
Together with Minister of Transport H.E. Ilkhom Makhkamov met Secretary General of Economic Cooperation Organization H.E. Khusrav Noziri in Tehran. We reviewed the agenda of Uzbekistan-ECO cooperation, focusing on intra-regional trade, connectivity, and future events within the ECO framework.
***
В г. Тегеране вместе с министром транспорта Узбекистана Е.П. Ильхомом Махкамовым провели переговоры с Генеральным секретарем Организации экономического сотрудничества Е.П. Хусравом Нозири. Мы рассмотрели повестку дня сотрудничества между Узбекистаном и ОЭС, уделив особое внимание региональной торговле и взаимосвязанности, а также предстоящим мероприятиям в рамках ОЭС.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
4.5K viewsedited  17:38
Ochish/sharhlash
2023-03-12 20:08:51
Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimiz biz uchun katta sharaf. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdik. Ishonchimiz komilki, hamkasbim, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullahiyon Janobi Oliylari bilan birgalikda hamkorligimiz salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘ramiz.
***
We are honored to meet H.E. Ebrahim Raisi, the President of Iran. During the meeting, we have conveyed sincere and warmest regards of President H.E. Shavkat Mirziyoyev. Assured that together with Iranian Foreign Minister H.E. Hossein Abdullahian, we will take all necessary measures to utilize the potential of our bilateral ties.
***
Для нас большая честь встретиться с Президентом Ирана Е.П. Ибрахимом Раиси. В ходе встречи передали тёплые слова и искренние пожелания Президента Узбекистана Е.П. Шавката Мирзиёева. Заверили, что совместно с моим коллегой, главой МИД Ирана Е.П. Хусейном Абдуллахияном примем все необходимые меры для полной реализации потенциала нашего сотрудничества.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
6.6K views17:08
Ochish/sharhlash
2023-03-12 15:43:34
Eron sanoat, konlar va savdo vaziri, O'zbekiston-Eron hukumatlararo komissiyasining hamraisi Rizo Fotemi-Amin Janobi Oliylari bilan uchrashdik. Savdo, iqtisodiyot va sanoat sohalarida mamlakatlarimiz o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollarini atroflicha ko'rib chiqdik.
***
Pleased to meet with H.E. Reza Fatemi-Amin, Minister of Industry, Mines and Trade of Iran, Co-Chair of Uzbekistan - Iran Intergovernmental Commission. We have reviewed the prospects of enhancing bilateral trade, economic, and industrial ties.
***
Рады встретиться с министром промышленности, рудников и торговли Ирана, сопредседателем Узбекско-Иранской Межправительственной комиссии г-ном Резой Фатеми-Амином. Мы рассмотрели перспективы укрепления связей между нашими странами в сферах торговли, экономики и промышленности.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
6.3K views12:43
Ochish/sharhlash
2023-03-12 15:00:27
O'zbekiston transport vaziri Ilxom Maxkamov bilan birgalikda Eron yo'llar va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh Janobi Oliylari bilan samarali uchrashuv o’tkazdik. Transport va logistika sohasidagi O'zbekiston-Eron hamkorligini muhokama qildik. Mamlakatlarimiz o'rtasida iqtisodiy diplomatiyani kengaytirish zarurligini ta'kidladik.
***
Together with the Minister of Transport of Uzbekistan H.E. Ilkhom Makhkamov met the Minister of Roads & Urban Development of Iran H.E. Mehrdad Bazrpash. We discussed Uzbekistan-Iran cooperation in the field of transport & logistics, and underscored the need to expand economic diplomacy between our two nations.
***
Вместе с министром транспорта Узбекистана г-ном Ильхомом Махкамовым провели встречу с министром дорог и городского развития Ирана Е.П. Мехрдадом Базрпашем. Обсудили узбекско-иранское сотрудничество в области транспорта и логистики. Подчеркнули необходимость расширения экономической дипломатии между нашими странами.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
5.6K viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash