Get Mystery Box with random crypto!

Aziz Rahimov

Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov A
Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov
Kanal manzili: @azizrakhimov_blog
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 22.10K
Kanalning ta’rifi

Aziz Rahimovning telegram kanali
Bog’lanish uchun: @Azizrahimov

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-04-23 19:30:51 Limbik kapitalism

Miyaning limbik tizimiga ta’sir o’tkazib hissiyotlar chaqirish mumkin. Hissiyotni nima chaqirsa ham, haqiqiydek tuyulaveradi.

Minglab olimlar buni uddasidan chiqishyapti ham. Oxirgi yillarning o’zida ular bizga:

Sevgi o’rniga behayo filmlar,

Vitaminli meva, sabzavotlar o’rniga, glutamatga boyitilgan sneklar,

Haqiqiy do’stlar o’rniga followerlar,

Hayot sinovlari o’rniga videoo’yinlar,

Qimmat dofamin (mehnat, ijod) o’rniga arzon nikotin taqdim etishdi.

Qancha shu narsalarga qaram (addicted) bo’lsak, mualliflarga shuncha yaxshi.

Hech kim bizni ataylab qul qilmoqchi emas. Konspirologiya yo’q. Maqsad faqat pul, toza kapitalism. Limbik kapitalism.

Qulga aylanayotgan biz o’zimiz.

@azizrakhimov_blog
8.5K viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2023-04-23 14:51:30 Keyingi qadam

Tepalikka qaradim. Quyosh ostida, shag’al yo’ldan aravani itarib chiqish kerak edi.

“Nima qilasan qiynalib?, mashina chaqirsangchi” dedi ichki dangasam.

Bitta qadam bosdim. Keyin ikkinchisini. Yuzlab qadamdan keyin tepalikka chiqib bo’ldim.

Qo’rquv birinchi qadamni o’zidan yo’qolib bo’ldi. O’ninchi qadamdan dangasalik o’rnini, davom ettirish xohishi egalladi.

Bitta bitta qadam tashlab qanchalar uzoqqa yetib borish mumkinligini tasavvur ham qila olmaysiz.

Tepalikka qarab turavermang. Qadam tashlashni boshlang, uyog’ini yo’l ko’rsatadi.

@azizrakhimov_blog
8.9K viewsedited  11:51
Ochish/sharhlash
2023-04-21 06:27:39 Ramazon hayiti bir boshqacha kun.

Bu kun siz albatta yoshlikni eslaysiz. Necha yosh bo’lsangiz ham. Hayit namozi, shirinliklar, qarindoshlarni yo'qlash, kelin-salom, hamma hammasi yoshlikni eslatadi.

Bu kun siz kunni yarmini tabriklash va tabriklarni qabul qilish bilan o’tkazasiz.

Bu kun sizga yaqin va uzoq insonlarni ajratib olasiz. Birinchilar tabriklash uchun shaxsiy xabar yozib yoki qo'ng'iroq qilsa, ikkinchilar shablon tabrik yoki rasm jo'natishadi.

Bu kun siz aslida qancha qarindoshingiz borligini bilib oladigan kun.

Bu kun sizni asl hayotiy qadriyatlarga qaytaradi: Oila, silai rahm, ehson, namoz. Deyarli hech kimni ish haqida gapirganini ko’rmaysiz.

Bu kun biron narsa yeyishdan oldin, har safar ikkilanib, o’zingizdan "Ro'zamasmidim o'zi? " deb so'raydigan kun.

Bu kunni hamma yaxshi ko'radi, yosh bolalar ham, kattalar ham ,qariyalar ham. Biz ham bu kunni yaxshi ko'ramiz. Ramazon hayitini yaxshi ko'rganlarga hayit muborak aziz do’stlar!

@azizrakhimov_blog
7.3K viewsedited  03:27
Ochish/sharhlash
2023-04-20 13:09:12 The reja

Eng yaqin do’stlaringizga qarang. Yaqin bo’lib ketishingizni reja qilmagansiz.

Eng ko’p daromad olib kelgan ishlaringizga qarang. Rejangizda bo’lmagan. Bor bo’lsa ham siz o’ylagandek ko’rinishda emas edi.

Kuzatadigan mentorlaringizga qarang. Uch yil oldin tanimasdingiz.

Hayot shu qadar murakkabki, o’n yillik tursin, besh yillik rejalar ham ishlamaydi.

Faktorlar ko’p. Vaziyatlar tez o’zgaradi. Rejada qotib qolish esa stressga tushiradi.

Maqsad aniq bo’lsin. Olib boradigan rejalar o’zgarishi hech narsa emas.

Yosh bo’lsangiz bir yildan ortiq reja qilmang. Ishlayman, o’rganaman, bir yildan keyin ko’ramiz deng.

Qiyin damlarda esa bir narsani yodda tuting:

Ishlar sizni rejangiz bo’yicha ketmayotgan bo’lsa ham, “The reja”dagi kabi ketayotgan bo’ladi aslida.

@azizrakhimov_blog
12.0K viewsedited  10:09
Ochish/sharhlash
2023-04-17 10:36:58
Qo'lida bolg'asi bor odamga hamma muammo mix bo'lib ko'rinadi

Agar sizning yoshingiz 20-25 yoshlar atrofida bo'lsa, Aziz Rahimov bilan bo'lib o'tgan master-klass premyerasini ko'rib chiqishingiz kerak. )

Chunki suhbat umrning eng muhim bo'lgan ushbu davrida yigit-qizlar qanday ko'nikmalarni shakllantirishi kerakligi haqida bo'lgan.

Premyera bugun — 16-aprel soat 14:00 da YouTube orqali bo'lib o'tadi.

Premyeraga o'tish havolasi:



Siz ham suhbatda birinchilardan bo'lib qatnashing va xabarni tengdoshlaringiz bilan baham ko'ring.
6.2K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-04-15 09:54:26 Mehnat yetishmayapti

Buvimning ota onasi qo’shni bo’lishgan. 15 yoshligida bir-birlari bilan ko’p o’ynashni boshlagach, nikohlab qo’ya qolishgan. 15 yoshli bola oila boshlig’i bo’lgan.

Bobom 23 yoshlarida universitetni bitirganlar. Jizzaxda Bosh shifokorlik ishi chiqqan. Butun oilalari bilan ko’chib borib o’sha yerda karyera qurganlar.

Buvim 17 yoshlarida maktabda ishlashni boshlab, yarim mahallani savodli qilganlar. Darsdan bo’sh paytlari qo’shni bolalarga dars berardilar. Dam olish kunlari fermada o’tgan.

Yana bir bobom 14 yoshda yetim ko’chada qolib, bog’bon, agronom keyin esa shahar muhandisi darajasiga chiqqanlar. 70 yoshlarida ham ishlab yurganlarini eslayman.

Ilhom yetishmayapti, ishimda ma’no yetishmayapti, energiya yetishmayapti deydiganlarning barchasiga murojaatim - sizga aslida mehnat yetishmayapti.

@azizrakhimov_blog
7.7K viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2023-04-13 13:40:07 Teskari yurish

Oson uxlash bo’yicha maslahatlar o’qib qoldim. Xulosa bitta narsaga olib borayapti:

Uxlash tabiiy jarayon. Oson uxlash uchun halaqit beradigan narsalarni(ekran, yorug’lik, kofe) cheklash yetarli.

O’ylab qarasam boshqa joylarda ham shunday. To’siqlarni olib tashlashni o’zi natijaga olib boradi.

Bekorchi odamlardan qoching, muhitingiz yaxshilanaveradi.

Vaqt vampirlarini bloklang, foydali ishlarni o’zingiz qilishni boshlaysiz.

Uzoq vaqt konfliktga bormang, do’stlashib ketaverasiz.

Ba’zan “Yana nima ish qilsam bo’ladi?” emas, “Nima ish qilishni to’xtatishim kerak?” to’g’riroq savol bo’ladi.

@azizrakhimov_blog
7.5K views10:40
Ochish/sharhlash
2023-04-12 11:12:23 Vaqt berish

Kompyuter yonishi bilan simsiz klaviaturamni bosib tashlayman. Ishlamaydi. Parol terilmaydi. “Ahmoq klaviatura” deb asabiylashaman.

Bugun boshqacha yo’l tutdim. O’chiq holatdan, yoniq holatga o’tgunicha uch sekund sabr qildim. Tezroq ishlab ketdi va men asabiylashmadim.

Hayotimizdagi tranzit holatlarda ham shunday. Ozgina kutgan yaxshi.

Miyaga bitta vaziyatdan ikkinchi vaziyatga o’tishga vaqt berish kerak.

Ertalab uyg’onib, darrov turib ketmasdan, biroz o’tirish.

Ishga kelganda darrov ishlab ketmasdan, tayyorlanib olish.

Uyga qaytganda, o’n daqiqa o’ziga kelib, keyin uydagilar bilan gaplashish.

Ishdan bo’shaganda, darrov keyingisiga o’tmay, o’ylab olish.

Tranzit vaqtini sabr bilan o’tkazmaganlar, asabbuzarlik bilan o’tkazadilar.

@azizrakhimov_blog
6.2K viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash
2023-04-09 10:30:48 Maktablar maktablar

Bolalarni kuzatasiz. Asosiy umri maktabda o’tadi, lekin asosiy narsani Youtubedan o’rganayotgan bo’ladi.

O’qituvchi o’ta aqlli bo’lishi kerak deb o’ylaysiz, ko’p mavzularda bolalar o’tib ketgan bo’ladi.

O’rtoqlari, bir dunyo bilim bor maktabda. Yugurib borishi kerak deb o’ylaysiz. Bola esa bormaslikka har kuni bahona izlayotgan bo’ladi.

Ko’p yolg’iz qolsa buziladi deb o’ylaysiz, hamma yomon odatlarni maktabdan o’rganib kelayotgan bo’ladi.

Maktab sohasida qilinadigan ishlar ko’p. Biz shu ishlar nimaligini yaxshiroq tushunmoqchimiz. Maktabga boradigan farzandingiz, jiyaningiz, uka-singlingiz bormi? Siz uning maktabidan qoniqmayapsizmi?

Keling gaplashaylik. Formani to’ldiring. Qo’ng’iroq qilamiz, intervyu qilamiz. Og’riqlarni o’rganamiz.

Aynan sizning g’oyalaringiz yangi maktabimizda ishlatilsa ajab emas.

@azizrakhimov_blog
7.1K viewsedited  07:30
Ochish/sharhlash
2023-04-06 19:25:26 «Islom to'g'ri o'rganilsa, hamma zamonga mos keladi» — 13 yoshida qori bo'lgan olim bilan suhbat!

«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi mehmoni xalqaro va O'zbekiston Qur'on musobaqalarining bir necha bor g'olibi, Islom akademiyasi doktoranti, «Oltin silsila» tarjimonlaridan biri, ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid bo'ldilar.

Ushbu sonda ilm olish va uning targ'iboti, ota-onalar farzand tarbiyasida nimalarga e'tibor berishi, jamiyatimizda axloqning o'rni, turli xil qarashlarga musulmon kishining fikri qanday bo'lishi kerakligi haqida foydali ma'lumotlar olishingizga umid qilamiz.

Premyerani hoziroq tomosha qiling.

Havola:

10.3K views16:25
Ochish/sharhlash