Get Mystery Box with random crypto!

Keyingi qadam Tepalikka qaradim. Quyosh ostida, shag’al yo’ld | Aziz Rahimov

Keyingi qadam

Tepalikka qaradim. Quyosh ostida, shag’al yo’ldan aravani itarib chiqish kerak edi.

“Nima qilasan qiynalib?, mashina chaqirsangchi” dedi ichki dangasam.

Bitta qadam bosdim. Keyin ikkinchisini. Yuzlab qadamdan keyin tepalikka chiqib bo’ldim.

Qo’rquv birinchi qadamni o’zidan yo’qolib bo’ldi. O’ninchi qadamdan dangasalik o’rnini, davom ettirish xohishi egalladi.

Bitta bitta qadam tashlab qanchalar uzoqqa yetib borish mumkinligini tasavvur ham qila olmaysiz.

Tepalikka qarab turavermang. Qadam tashlashni boshlang, uyog’ini yo’l ko’rsatadi.

@azizrakhimov_blog