Get Mystery Box with random crypto!

Teskari yurish Oson uxlash bo’yicha maslahatlar o’qib qoldim. | Aziz Rahimov

Teskari yurish

Oson uxlash bo’yicha maslahatlar o’qib qoldim. Xulosa bitta narsaga olib borayapti:

Uxlash tabiiy jarayon. Oson uxlash uchun halaqit beradigan narsalarni(ekran, yorug’lik, kofe) cheklash yetarli.

O’ylab qarasam boshqa joylarda ham shunday. To’siqlarni olib tashlashni o’zi natijaga olib boradi.

Bekorchi odamlardan qoching, muhitingiz yaxshilanaveradi.

Vaqt vampirlarini bloklang, foydali ishlarni o’zingiz qilishni boshlaysiz.

Uzoq vaqt konfliktga bormang, do’stlashib ketaverasiz.

Ba’zan “Yana nima ish qilsam bo’ladi?” emas, “Nima ish qilishni to’xtatishim kerak?” to’g’riroq savol bo’ladi.

@azizrakhimov_blog