Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon hayiti bir boshqacha kun. Bu kun siz albatta yoshlik | Aziz Rahimov

Ramazon hayiti bir boshqacha kun.

Bu kun siz albatta yoshlikni eslaysiz. Necha yosh bo’lsangiz ham. Hayit namozi, shirinliklar, qarindoshlarni yo'qlash, kelin-salom, hamma hammasi yoshlikni eslatadi.

Bu kun siz kunni yarmini tabriklash va tabriklarni qabul qilish bilan o’tkazasiz.

Bu kun sizga yaqin va uzoq insonlarni ajratib olasiz. Birinchilar tabriklash uchun shaxsiy xabar yozib yoki qo'ng'iroq qilsa, ikkinchilar shablon tabrik yoki rasm jo'natishadi.

Bu kun siz aslida qancha qarindoshingiz borligini bilib oladigan kun.

Bu kun sizni asl hayotiy qadriyatlarga qaytaradi: Oila, silai rahm, ehson, namoz. Deyarli hech kimni ish haqida gapirganini ko’rmaysiz.

Bu kun biron narsa yeyishdan oldin, har safar ikkilanib, o’zingizdan "Ro'zamasmidim o'zi? " deb so'raydigan kun.

Bu kunni hamma yaxshi ko'radi, yosh bolalar ham, kattalar ham ,qariyalar ham. Biz ham bu kunni yaxshi ko'ramiz. Ramazon hayitini yaxshi ko'rganlarga hayit muborak aziz do’stlar!

@azizrakhimov_blog