Get Mystery Box with random crypto!

O’quvchilar bilan kelishuv Muallif blog yuritish davrida kuza | Aziz Rahimov

O’quvchilar bilan kelishuv

Muallif blog yuritish davrida kuzatuvchilari bilan bir narsaga kelishadi.

Bu kelishuv hech qayerda aytilmaydi. Lekin u bor bo’ladi.

Ya’ni muallif tinimsiz bitta formatda biron nima qilib kelgan bo’lsa — o’quvchilar buyog’iga ham shunday bo’ladi deb kutishadi.

Maqola yozadigandan maqola, yangilik tahlil qiladigandan yangilik, video qo’yadigan odamdan video kutishadi.

Yoqqan narsasini share qiladigandan, share qilishini kutishadi.

Qisqa yozadigan muallif — longrid chiqarsa o’qimay o’tkazib yuborishadi.
Doimo video chiqaradigan odam matn yozsa — u o’qilmaydi.

Chunki kelishuv buzildi.

Doim kirilcha o’qigan blogingda, lotincha matn paydo bo’lgan holatni esla, kelishuv buzilganini his qilgansan)

Uch to’rt marta kelishuv buzilgach muallif mute bo’ladi, yoki o’quvchi chiqib ketadi.

Men blogni asosan hamkasblarim kuzatishi uchun boshlaganman.

Jamoaga kuchli kadrlarni chaqirish uchun kengaytirganman.

Tahliliy maqolalar yozishim shundan. Jamoamizga shunday matnlarni o’qiydigan odamlar kerak.

Reklama chiqmasligi sababi — bunga kelishmaganmiz.

Video chiqmasligi sababi — bunga ham kelishmaganmiz.

Blog yuritishning asosiy qoidasi — kelishuvga amal qilish.


@azizrakhimov_blog