Get Mystery Box with random crypto!

O’zgarishingni hisobga ol 18 yoshimda bir nimalarga erishishn | Aziz Rahimov

O’zgarishingni hisobga ol

18 yoshimda bir nimalarga erishishni xohlardim. Hozir eslasam kulgim keladi.

25 yoshimdagi maqsadlarim bor edi. Ba’zilariga amalga oshdi. Ba’zilarini o’chirib tashladim. Ular 29-yoshli Azizga kerak emas ekan.

Besh yil orqaga qara. Qanchalik o’zgargansan. Yana besh yildan keyin esa shunday bo’lib qolaman deb o’ylaysan.

Odam o’tmishda o’zgarganchalik, kelajakda ham o’zgarishini tasavvur qila olmaydi. Chunki o’tmish uchun solishtirishga ma’lumot bor. Kelajak esa noma’lum.

Psixologiyada bu “End-of-history” illusion deyiladi.

Hozirgi aqli bilan yoshlikka qaytib qolishni xohlash ana shundan. “Aql” kirdi. Odam o’zgardi.

18 yoshlik yigitchalar uylanishga harakat qilayotgan go’zallardan 28 yoshliklar ajrashmoqchi bo’lib yurishibdi.

25 yoshliklar qiziqayotgan oson boyish yo’llaridan 35 yoshliklar afsuslanishyapti.

Yoshlar yig’ishga qiziqqan katta vaznni, o’rta yoshlilar yo’qotish bilan ovora.

O’spirinligida tez mashhur bo’lish uchun olgan videolarni — katta bo’lib o’chirish bilan ovora.

Bugun biror narsani xohlayotganing, ertaga ham xohlashingni bildirmaydi.

O’tkinchi xohishlar deb uzoq muddatli qarorlar chiqarib qo’yma. (Uylanish, ko’chib ketish, kasb tanlash)

Yillab qilib yurgan ishlarini o’zgartira olish hammani ham qo’lidan kelmaydi.

Shu sababli:

Katta qarorlar chiqarishdan avval.

Shu yo’lni bosib o’tganlardan maslahat ol.

Shu mavzulardagi hadislarni o’qi.

Doim 20 yoshli yigitcha(qiz) bo’lib qolmasligingni yodingda tut.

Agar unutib qo’ysang butun umringni o’spirin kabi yashab o’tishing hech gap emas.

@azizrakhimov_blog