Get Mystery Box with random crypto!

Muhim narsalarni bilamiz 1,5 yoshli o’g’lim bilan gaplashish | Aziz Rahimov

Muhim narsalarni bilamiz

1,5 yoshli o’g’lim bilan gaplashish va ko’p narsalarni o’rganishni boshladik.

O’ylab qoldim.

Odam hayotida kerakli hamma qoidalarni maktabga chiqqunicha o’rganib bo’lar ekan.

Soddaroq tilda faqat.

Biron nima oldingmi, joyiga qo’yib qo’y.

Yaqinlaringni hafa qilma.

Kech uxlama.

Qiziq va foydalimi? Qilaver.

Ko’chaga chiqib aylanib tur.

Shirinlik yema, mevadan ol.

Youtube ko’rma, kitob o’qi (yoki kitobga qarab tur).

Demak muammo bilmasligimizda emas.

Muammo amal qilmasligimizda.

@azizrakhimov_blog