Get Mystery Box with random crypto!

Noqulay suhbatlar “Yo’q” degandan ko’ra, telefon ko’tarmaslik | Aziz Rahimov

Noqulay suhbatlar

“Yo’q” degandan ko’ra, telefon ko’tarmaslikni tanlaymiz.

Yuziga aytgandan ko’ra, boshqalarga aytib yuramiz.

Xafaligimizni aytmaymiz, yana xafaligimizni sezmaganiga xafa bo’lamiz.

O’zi bilan gaplashib olgandan ko’ra, miyamizda gaplashib yuramiz.

Noqulay suhbatlardan o’zimiz qochamiz, natijasida yomonlik bo’lsa, boshqalarni ayblaymiz.

Gapirsam xafa bo’ladi deymiz, uyalamiz. Xafa bo’lishi unga foydali bo’lishi mumkinligini bilmaymiz.

Men tanigan eng kuchli odamlar noqulay suhbatlardan qochmaydigan odamlar.

Ichkaridagisi tashqarida. Haqiqatni ayta oladi.

Savollarini ochiq berishadi. Tanqidlarni ochiq olishadi.

Noqulay suhbatlar - hayot haqiqati. Hech qayerga qochib keta olmaysiz. Yoki o’zi bilan bir marta noqulay suhbat qurasiz, yoki butun umr o’zingiz bilan.

@azizrakhimov_blog